O`quv qo`llanma 30 Sahifa
venalari orqali qopqa va kovak venalar sistemasi o’rtasida anastomoz
amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. Qizilo’ngachning limfatik
tomirlari me’daning chuqur limfatik tugunlariga quyiladi. Limfa
qizilo’ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial limfatik
tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo’ngach
limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi
(D.A. Jdanov, 1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar
berishida ahamiyati kattadir. Qizilo’ngachni parasimpatik n. vagi
tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi (gangl. stellatumning tolalari, arterial
va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning
nerv tolalari qizilo’ngach yuzasida chigallar: o’ng adashgan nerv
tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, chap adashgan nerv
tarmoqlari bilan o’ng oldingi qizilo’ngach chigalini hosil qiladi. Ulardan
qizilo’ngach bag’rida intramural nerv chigalini (mushaklararo, auerbax) va
shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. Bular
qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. Qizilo’ngachning bo’yin qismi
qaytuvchi nervlar, ko’krak qismi o’zaro anastomozlanadigan adashgan
nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi.
Qizilo’ngachning quyi qorin nervidan (n. splanchicus) tarmoqlar oladi.
O’z-o’zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv tolalari va
chigallari tomonidan amalga oshiriladi.
Qizilo’ngachning kuyishi Qizilo’ngachning o’yuvchi ishqor, kuchli kislota, kamroq fenol,
lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan kuyib qolish hollari
ko’proq uchraydi. So’nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik soda kam
ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan kuyishlar
soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi.
Ko’pgina
mualliflarning ma’lumotlari bo’yicha so’nggi yillarda
qizilo’ngachning sirka kislotadan (essentsiya) kuyib qolish soni birmuncha
ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar
qizilo’ngachda, o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq
o’zgarishlar paydo bo’ladi deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi
kislotalar ta’siriga ma’lum darajada chidamli bo’ladi).