O`quv qo`llanma 28 Sahifa
yo’lda qizilo’ngach o’ng bronxial arteriyani, bir necha qovurg’alararo
arteriyalar va venalarni, hamda undan plevra bilan ajratilgan
v. hemiazygosni kesib o’tadi. Qizilo’ngach o’ng tomonda yuqorida traxeya
bilan bekilgan. Xuddi shu erda o’ng qaytuvchi nervning tarmog’i o’tadi.
Eng yuqori bo’limida u qalqonsimon bezning o’ng bo’lagiga tegib turadi.
Chapda qizilo’ngach qalqonsimon bezning chap bo’lagi, shu bezning
venalari bilan chegaralanib turadi. Unga traxeo-ezofageal burchakdan
qizilo’ngachning oldingi sathiga o’tadigan chap qaytuvchi nerv
yaqinlashadi. Uning yaqinida, chap o’mrov osti sohasida ko’krak yo’li
joylashadi. Keyinroq qizilo’ngach aorta ravog’ining gorizontal qismiga
yaqinlashadi, mediastinal plevra, kardiya sohasi, me’da tubiga tegib turadi.
O’ng adashgan nerv qizilo’ngachga o’ng bronx bilan kesishgan sathida
yaqinlashadi, bu IV-V ko’krak umurtqasi sathiga muvofiq keladi va
qizilo’ngachning orqa yuzasida joylashib, qorin bo’shlig’iga kiradi. Chap
adashgan nerv qizilo’ngachning oldingi devoriga yaqinlashadi. Shunday
qilib, qizilo’ngach o’zining butun yo’lida traxeya, pastga tushadigan aorta,
ko’krak yo’li, simpatik chegaradosh ustunning ko’krak qismi, o’pka va
plevra, diafragma, yuqori kovak vena, perikard va yurakning orqa yuzasi
bilan anatomik jihatdan yaqin yoki tegib turadi. Qizilo’ngach bo’yin qismi
va ko’krak bo’limi boshlanishda aorta ravog’igacha o’rta chiziqdan
birmuncha chapda yotadi. Ko’krak bo’limining o’rta qismida qizilo’ngach
o’rta chiziqdan birmuncha o’ngga og’adi va diafragma ustida aortadan
oldinda yotadi.
Shunday qilib, qizilo’ngach bo’yin bo’limida chapdan kesishga
qulay. Ko’krak bo’limining pastki uchdan bir qismida qizilo’ngach pastga
tushadigan aorta va yurak xaltasi orasida yotadi va unga chap tomonlama
transplevral yo’l bilan yaqinlashish oson. Umuman olganda,
qizilo’ngachning tuzilishi butun me’da-ichak yo’liga muvofiq keladi.
Devori 4 qavatdan tashkil topadi – shiliq qavat (mucosa), shiliq osti qavati
(submucosa), mushak qavati (muscularis) va tashqi biriktiruvchi to’qima
pardasi (tunica adventicia). Qizilo’ngachning shiliq pardasi ko’p qavatli
yassi epiteliy burmalaridan hosil bo’lgan. Qizilo’ngach ko’p qavatli yassi
epiteliysining me’daning tsilindrsimon epiteliysiga o’tishi keskin,
tishsimon chiziq ko’rinishda yuz beradi (linea zerrata). Ko’pchilik
kishilarda u anatomik kardiyadan birmuncha yuqorida joylashgan.