Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 – rasm. Laparoskopik orqa krurorafiya, Nissen usulida



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

9 – rasm. Laparoskopik orqa krurorafiya, Nissen usulida 
fundoplikasiya operasiyasi 
 
Diafragma 
relaksatsiyasi. 
Diafragma 
relaksatsiyasi 
– 
diafragmaning yupqalashishi oqibatida unga yaqin joylashgan qorin 
bo’shlig’i a’zolarining ko’krak bo’shlig’iga qarab surilishi nazarda tutiladi. 
Bu holatda diafragma yopishadigan chetlari odatdagi joyda qoladi.
Relaksatsiyaning tug’ma (diafragma mushaklarining to’liq o’sib 
etilmaganligi yoki aplaziyasi zamirida) va orttirilgan (aksariyat diafragmal 
nerv shikastlanishi natijasida) turlari tafovutlanadi. Diafragmaning butun 
gumbazi zararlanib ko’krak qafasiga surilgan bo’lsa, relaksatsiya to’liq va 
uning biror bo’limi (chegaralangan bo’limi) yupqalashganda qisman 


Gospital xirurgiyasi
25 Sahifa 
bo’lishi mumkin. Diafragma relaksatsiyasida zararlangan tomondagi 
o’pkaning ezilishi va ko’ks oralig’ining qarama-qarshi tomonga surilishi 
ro’y beradi, me’da yoki ichakning ko’ndalang va uzunasiga buralishi yuz 
berishi ehtimoli ham bo’ladi. 
Klinik manzarasi.
Chegaralangan o’ng tomonlama relaksatsiyada 
belgilar diafragmal churradagi singari bo’ladi. Churraning darvozalari 
yo’qligi hisobiga, bu holatda qisilib qolish xavfi bo’lmaydi. 
Diagnoz – qorin bo’shlig’i a’zolarining ko’krak qafasining tegishli 
yarmiga surilishi, o’pkaning ezilishi, ko’ks oralig’i a’zolarining surilish 
belgilari 
asosida 
qo’yiladi. Rentgenologik tekshirish diagnozni 
tasdiqlaydigan asosiy usul hisoblanadi. Ko’krak qafasiga surilgan a’zolar 
ustidan diagnostik pnevmoperitoneum qo’yilganda diafragma soyasi 
aniqlanadi. 
10 – rasm. Diafragma relaksasiyasining rentgenologik ko’rinishi. 
Davolash. Aniq ifodalangan klinik simptomlar bo’lganda jarrohlik 
usulida davolash zarur bo’ladi. Operatsiya surilgan qorin bo’shlig’i 
a’zolarini normal holatga keltirish va yupqalashgan diafragmaning 
dublikaturasini hosil qilish yoki uni polivinilalkogol, teri-mushak laxtaklari 
yordamida plastika qilishdan (mustahkamlash) iborat.



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin