Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
45 Sahifa 
uchrab turadi. Leyomiomalarning yuzasi odatda silliq, yumaloq tuzilmalar 
ko’rinishida, atrofdagi to’qimadan yaxshi chegaralangan, ular tartibsiz 
joylashgan mushak tolalari yoki ularning tutamlaridan iborat bo’lib, 
orasida ba’zan nekrozga uchragan qismlar, qon quyilishlar va ohaklangan 
qismlar uchraydi. Lipomalar yog’ to’qimadan tashkil topgan bo’lib, 
kuchsiz stromasi bor, bo’laksimon tuzilgan. 
Klinik manzarasi.
Qizilo’ngachning unchalik katta bo’lmagan 
o’smalari simptomlarsiz o’tadi va me’da-ichak yo’lini rentgenologik 
tekshirishda, operatsiyalar yoki ochish vaqtida tasodifan topiladi. Eng ko’p 
uchraydigan disfagiya simptomi odatda vaqti-vaqtida yuzaga chiqadi va 
ko’p yillar ichida juda asta-sekin orta boradi (bu hodisa rakda juda kam 
uchraydi). To’sh orqasidagi og’riq, bosilish va to’lib ketish sezgisi, 
dispeptik hodisalar bundan keyingi o’rinda turadi. Poliplar va 
gemangiomalardan 
ba’zan 
profuz 
qon 
ketishi 
ehtimoli 
bor. 
Qizilo’ngachning proksimal bo’limida joylashadigan uzun oyoqchali 
poliplar qayt qilishda og’iz bo’shlig’iga, halqum va hiqildoqqa chiqib 
qolishi mumkin. Polip halqum yoki hiqildoqqa tushganda qattiq yo’tal 
xuruji, asfiksiya, ba’zida o’lim yuz berishi mumkin. Qizilo’ngachning 
katta xavfsiz o’smalari traxeo-bronxial shoxni bosib qo’yishi va o’pkaning 
yallig’lanish kasalliklariga, atelektazlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Traxeya, bronxlar, nervlar, yurak va ko’ks oralig’idagi boshqa a’zolarning 
qizilo’ngach devoridan tashqarida o’sayotgan o’smadan bosilishi natijasida 
nafas qisishi, yo’tal, yurak urishi, yurak sohasida og’riq va boshqa 
buzilishlar paydo bo’lishi mumkin. Qator hollarda o’sma ustidagi shilliq 
pardada nekroz, yallig’lanish va yaralar hosil bo’lishi kuzatiladi. 
Rentgenologik tekshirish.
Qizilo’ngach polipozi qizilo’ngachning 
varikoz kengaygan venalari rentgenologik manzarasini eslatishi mumkin. 
Polipning rentgenologik belgilari quyidagilar: 1) unchalik katta bo’lmagan 
yumaloq yoki oval to’lish nuqsoni; 2) oyoqchasi bo’lganda bu nuqsonning 
muayyan chegaralarda siljishi; 3) qizilo’ngach peristaltikasi buzilmagan;
4) 
qizilo’ngach 
devorlarining 
qayishqoqligi 
saqlanib 
qolgan;
5) qizilo’ngach bo’shlig’ining polip sathida duksimon kengayganligi;
6) ko’krak oralig’i soyasining kengayganligi. Qizilo’ngachning shilliq 
parda ostidagi qavatida joylashgan juda kichkina lipomalar (0,2-0,3 sm) 
rentgenologik jihatdan aniqlanadigan o’zgarishlar hosil qilmasligi mumkin. 


O`quv qo`llanma
46 Sahifa 
Katta o’lchamdagi lipomalar tipik to’lish nuqsoni bilan qizilo’ngach 
bo’shlig’ining bekilib qolishiga sabab bo’ladi. Ezofagoskopiyada o’sma 
odatda osonlikcha aniqlanadi. Shilliq parda o’zgarmagan, biroq uning 
ovqat bo’lagidan shikastlanib turishi sababli yallig’lanish va yara-
chaqalardan asarlar qolishi mumkin. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin