O`quv qo`llanma
110 Sahifa
anastomoz qo’yiladi. Bir necha koronar arteriyalar shikastlanganda
«ilonsimon», «ko’priksimon» yoki sekventsial shuntlar qo’llanilishi
mumkin: bitta venoz transplantat bilan koronar arteriyalar o’rtasida va bitta
distal
anastomozni
oxiridan
yonboshiga
qo’yish
yo’li
bilan
revaskulyarizatsiya qilinadi.
Mammarokoronar
anastomozning
quyidagi
turlari
mavjud:
1) antegrad; 2) retrograd; 3) ichki ko’krak arteriyasidan «sakrovchi» shunt
sifatida foydalanish.
Antegrad mammarokoronar anastomoz qo’yish
uchun safarbar
qilingan ichki ko’krak arteriyasini V-VI qovurg’alararo sathida kesib
olinadi, uni koronar arteriya bilan “uchini yonboshiga” yoki “uchma-uch”
usulda anastomoz qo’yiladi.
Retrograd mammarokoronar anastomoz qo’yish uchun safarbar
qilingan ichki ko’krak arteriyasini uning o’mrov
arteriyasidan chiqqan
joyida qirqiladi. So’nggi vaqtlarda ichki ko’krak arteriyasini ikkita koronar
arteriya uchun sekventsial shuntlar sifatida ishlatilmoqda. O’mrov osti
arteriyasi boshlang’ich bo’limining shikastlanganligi, qo’lda arterial
bosimning
pastligi, ichki ko’krak arteriyasini ajratib olishni
qiyinlashtiradigan o’pka emfizemasi mammarokoronar anastomoz
qo’yishga monelik qiladigan hol hisoblanadi.
Yurak ishemik kasalligini xirurgik davolashda operatsiyadan keyingi
o’lim darajasi R. Faboloro fikricha 2% dan oshmasligi kerak.
Biroq
bemorlarning bu ko’rsatkich birmuncha yuqori bo’lgan guruhlari bor.
Aortokoronar shuntlash bo’yicha o’tkazilgan birlamchi amaliyotlarning
90% da bemorlar stenokardiya simptomlaridan xalos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: