Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
107 Sahifa 
46 – rasm. Toj tomirlar angioplastikasi 
Angioplastika muvaffaqiyatli chiqqanda taxminan 80% bemorlarda 
stenokardiya xurujlari yo’qoladi yoki bir muncha kamayadi, 90% dan ko’p 
bemorlarda jismoniy harakatlarga moyillik paydo bo’ladi, miokardning 
qisqarish qobiliyati yaxshilanadi. 
Yurak ishemik kasalligini jarrohlik usulida davolash.
Yurak 
ishemik kasalligining patogenetik asosi miokardning kislorodga extiyoji 
bilan uning arterial qon bilan toj arteriyalar bo’ylab tushishi o’rtasida 
disbalans ekanligini hisobga olib, uni jarrohlik usulida davolash, avvalo 
yurak mushagining qon bilan ta’minlanishini yaxshilashga qaratilishi 
lozim. 
Yurak ishemik kasalligida jarrohlik usulida ikkita asosiy guruhini 
tafovut qilish mumkin: 
1) miokardning bilvosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash
2) miokardning bevosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash. 
Birinchi guruhga perikard va epikard o’rtasida bitishmalar hosil 
bo’lishiga qaratilgan amaliyotlarni kiritish mumkin. Shu maqsadda 
epikardni skarifikatsiya qilish yoki kardioperikardiopeksiya (perikard 
bo’shlig’iga talkni purkash) o’tkazish taklif kilingan edi. Miokardni 
revaskulyarizatsiya qilish uchun to’qima transplantatlaridan foydalanish 
amaliyotlari: epikardga charvini, o’pka to’qimasini, ko’krak mushagini, 
mediastinal yog’ni, teri laxtagini, ingichka ichak bo’lakchasini tikib 


O`quv qo`llanma
108 Sahifa 
qo’yish shunday amaliyotlar guruhiga kiradi. Bundan tashkari, miokardni 
bilvosita revaskulyarizatsiya qilish maqsadida ichki ko’krak arteriyalarini 
bog’lash, toj sinusini arterializatsiya qilish, ichki ko’krak arteriyasini 
miokard bag’riga implantatsiya qilish bajarilgan. Biroq miokardni bilvosita 
revaskulyarizatsiya qilishga qaratilgan hamma amaliyotlar o’zini oqlay 
olmadi, ularning ko’pchiligi kam ta’sirchan yoki umuman foydasiz bo’lib 
chiqdi, shu sababli ulardan hamma joyda voz kechildi. 
Miokardni 
to’g’ridan-to’g’ri 
revaskulyarizatsiya 
qiladigan 
operatsiyalarning ikkinchi guruhi g’oyat ta’sirchanligi bilan ajralib turadi 
va butun dunyoda yurakning ishemiyasi bo’lgan bemorlarni davolashda 
tobora ko’p qo’llanilib kelinmoqda. Birinchi marta 1962 yilda D. Sabiston 
tomonidan bajarilgan aortokoronar shuntlash amaliyoti keng tarqalgan 
amaliyot bo’lib, bunda ateroskleroz bilan zararlangan va toraygan qismni 
chetlab o’tib, aorta bilan koronar tomir o’rtasida shunt vujudga keltirishdan 
iborat. 1964 yilda birinchi marta V.I. Kolesov bajargan mammarokoronar 
anastomoz miokardni bevosita revaskulyarizatsiya qilishning ta’sirchan 
usuli hisoblanadi. Operatsiyalarning bu guruhiga birinchi marta 1957 yilda 
S. Bailey bajargan va keyinchalik autovenoz va autoperikardial plastika 
bilan to’ldirilgan koronar arteriyadan endarterektomiyani kiritish mumkin. 
Biroq bu operatsiya natijalari qoniqarsiz va o’lim darajasi yuqori 
ekanligidan hozirgi vaqtda amalda qo’llanilmaydi. 
Koronar arteriyadan endarterektomiya aortokoronar shuntlash bilan 
birga bajariladi. Koronar etishmovchilikda miokardning xirurgik 
revaskulyarizatsiyasining 
turli 
usullarini 
prof. 
V.I. 
Burakovskiy,
V.S. Rabotnikov va B.V. Shabalkinlar faol ishlab chiqqanlar va bu usullar 
bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda ko’pgina mualliflar 
dori-darmonlar bilan davolashga rezistent yoki berilmaydigan tinch 
turgandagi va zo’riqish vaqtidagi stenokardiyani, aortokoronar shuntlash 
operatsiyasini 
o’tkazishga 
ko’rsatma 
deb 
hisoblamoqdalar. 
Koronarografiya ma’lumotlari bo’yicha toj arteriyalarining zararlanishi 
xirurgik davolashga ko’rsatma hisoblanadi. Miokardning qisqarish 
faoliyatini baholashga katta ahamiyat beriladi. Aortokoronar yoki 
mammarokoronar shuntlash amaliyotlari harakatsiz yurakda sun’iy qon 
aylanishi va bemor tana harorati 28-30°S gacha pasaytirilgan sharoitlarda 
bajariladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin