Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
119 Sahifa 
lozim. Agar ortostatik holatda qon bosimi yuqoriroq bo’lsa, nefroptoz 
to’g’risida o’ylash mumkin. 
Qorin aortasi va buyrak arteriyalarini auskultatsiya qilish zarur 
asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bunda taxminan 40% bemorlarda 
buyrak arteriyalari yoki qorin aortasi proektsiyasida sistolik shovqin 
eshitiladi. Sistolik shovqin yuza joylashgan arteriyalar: uyqu, o’mrov va 
son arteriyalari ustida eshitilishi – ateroskleroz va nospetsifik aorto-
arteriitda tizimli zararlanish belgisi sifatida diagnostikaga yordam berishi 
mumkin. 
Bemorda quyidagi belgilar aniqlansa VRG kasalligi borligiga taxmin 
qilish mumkin: 
- ikkita yoki undan ortiq gipotenziv preparatlar va diuretiklarga 
rezistent bo’lgan arterial gipertenziya
- arterial gipertenziyani 20 yoshgacha bo’lgan ayollarda yoki
55 yoshdan yuqori bo’lgan erkaklarda paydo bo’lishi; 
- tez avj olib boradigan yoki xavfli kechadigan gipertenziya; 
- ateroskleroz kasalligining turli xil ko’rinishlari borligi; 

AAF 
ingibitorlari 
yoki 
angiotenzin 
II 
retseptorlarining 
blokatorlarini qo’llash fonida rivojlanadigan azotemiya; 
- qorin aortasi va buyrak arteriyalari ustidagi sistolik shovqin
- UTT da buyraklarning o’lchamlaridagi 1,5 sm dan oshadigan 
farqlar;
Yuqorida sanab o’tilgan belgilar VRG to’g’risida ko’pincha 
asoslangan taxmin qilishga imkon beradi, biroq ular bu diagnozni to’liq 
tasdiqlash imkoniyatiga ega emas. 
VRG diagnozini tasdiqlash yoki rad etish uchun qo’shimcha 
tekshiruvlar o’tkazish zarur bo’ladi. VRG diagnostikasining eng ishonchli 
va to’g’ri usuli buyraklar angiografiyasi hisoblanadi, bu tekshiruvni fakat 
qon tomir kasalliklariga ixtisoslashgan markazlardagina bajarish mumkin. 
Angiografiya stenoz jarayonining sababini aniqlashga, stenoz 
darajasi va uning joylashuviga baho berishga imkon beradi, bu esa xirurgik 
davolash to’g’risidagi masalani hal qilishda katta ahamiyatga ega. 
Diagnostika uchun, bir qator kam invaziv, skrining usullari ham 
mavjud bo’lib, ular buyrak arteriyalarining zararlanganini topish
angiografiyaga ko’rsatmalarni aniqlash, gipertenziya genezini (kelib 


O`quv qo`llanma
120 Sahifa 
chiqishi) aniqlash va ayrim bemorlarga angiografiya o’tkazish 
shartmasligini belgilab beradi. Jumladan, AAF ingibitorlari bilan 
stsintigrafiya, 
doppler 
– 
ultrasonografiya, 
magnitrezonans 
va
KT angiografiya yuksak sezuvchanlika ega bo’lib, angiografiyagacha 
bo’lgan davrda skrining usul sifatida qo’llanilishi mumkin. Angiotenzinga 
aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan renostsintigrafiya qilish. 
Buyrak 
arteriyasining 
funktsional 
ahamiyatga 
ega 
stenozida
AAF ingibitorlarini qo’llanilishi, buyrak nefronlarida filtratsiya tezligining 
pasayishiga olib keladi. Bu hol efferent arteriolalar konstriktsiyasini 
bartaraf 
etish 
yoki 
sezilarli 
susaytirish 
tufayli 
kelib 
chiqadi. 
Renogrammaning xarakterli o’zgarishi buning oqibati bo’lib hisoblanadi. 
Stsintigrafiyada 
AAF 
ingibitorlari 
induktsiyalagan 
o’zgarishlar 
renovaskulyar gipertenziya uchun eng spetsifik diagnostik mezon 
hisoblanadi. AAF ingibitorlari qo’llanilganda normal stsintigramma 
olingan bo’lsa, VRG ehtimolini 10% dan kam desa bo’ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin