Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
115 Sahifa 
- buyrak usti bezi kasalliklari (feoxromotsitoma, Konn sindromi, 
ItsenkoKushing sindromi va b.); 
- bosh miya kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan arterial gipertenziyalar 
(entsefalit, o’smalar, bosh miya jarohatlari va b.); 
- yirik qon tomirlari rivojlanishining nuqsonlari (aorta koarktatsiyasi, 
qorin aortasining tug’ma gipoplaziyalari va b.); 
- vazorenal gipertenziya. 
Vazorenal gipertenziya 
Vazorenal gipertenziya (VRG) – buyrak arteriyalarida magistral qon 
oqimini buzilishi oqibatida va buyrak parenximasi, siydik chiqaruv 
yo’llarining birlamchi zararlanishi bilan bog’liq bo’lmagan simptomatik 
arterial gipertenziya turlaridan biridir. Barcha arterial gipertenziya turlari 
orasida vazorenal gipertenziya 2-5% ni tashkil etadi. 
VRG negizini buyrak arteriyalarining yoki uning segmentar 
tarmoqlarining bir yoki ikki tomonlama torayishi yoki okklyuziyasi tashkil 
qiladi. Natijada arteriyaning patologik toraygan qismi orqali buyrakka qon 
kelishi anchagina kamayadi, bu o’z navbatida buyrak to’qimasining 
ishemiyasiga sabab bo’ladi. Ishemiyaning darajasi arteriya stenozining 
darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Etiologiyasi.
Hozirga qadar VRG ning 40 ga yaqin sabablari 
mavjud. VRG kelib chiqish sabalariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. 
Tug’ma sabablari orasida quyidagalar ko’proq uchraydi: 
- buyrak arteriyalarining fibroz-mushak displaziyasi, 
- aorta va buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, 
- buyrak arteriyalari anevrizmalari, 
- tug’ma arterio-venoz oqmalar.
Ortirilgan sabablar: 
- ateroskleroz, 
- nospetsifik aorto-arteriit, 
- nefroptoz, 
- buyrak infarkti, 
- buyraklar jarohati
- buyraklar o’smalari. 


O`quv qo`llanma
116 Sahifa 
Ateroskleroz 40 yoshdan oshgan shaxslarda VRGning asosiy sababi 
hisoblanadi va 60-85% gacha bemorlarda uchraydi. Atersklerotik 
pilakchalar ko’pchilik hollarda buyrak arteriyasini aortadan chiqish 
qismida yoki uning uchdan bir proksimal qismida joylashadi. Ko’pchilik 
hollarda buyrak arteriyasining bir tomonlama zararlanishi kuzatiladi, ayrim 
hollarda arteriya ikki tomonlama shikastlanadi, bu odatda 1/3 bemorlarda 
uchraydi va VRG ning bir muncha og’ir kechishiga olib keladi. Kasallik, 
ayollarga nisbatan asosan erkaklarda (2-3 marta) ko’p uchraydi. 
VRG ning sabablari ichida fibroz-mushak displaziyasi atersklerozdan 
keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Fibroz-mushak displaziyasi asosan 
navqiron yoshda va hatto bolalik yoshida (12-44 yoshgacha) uchraydi. 
Bemorlarning o’rtacha yoshi 28 yoshni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga 
qaraganda 4-5 marta ko’proq kasallanadi. Morfologik jihatidan fibroz-
mushak displaziyasi asosan buyrak arteriyalari, ularning tarmoqlarini 
qamrab oladigan, arteriyaning mushak, intima qatlamlarida distrofik va 
sklerotik o’zgarishlar kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda arteriyaning 
mushak elementlarini giperplaziyasi mikroanevrizmalar hosil bo’lishi bilan 
birga kuzatiladi. Natijada torayish va kengayishlarni (anevrizmalar) aralash 
joylashishi kuzatiladi. Bu arteriyalarga o’ziga xos tus beradi, ular marvarid 
yoki munchoq iplariga o’xshab qoladi. Patologik jarayon 2/3 hollarda bir 
tomonlama bo’ladi. VRG ning sabablaridan biri nospetsifik aorto-arteriit 
(Takayasu kasalligi) hisoblanadi. 
Nospetsifik aorto-arteriit tarqalgan xarakterga ega bo’lgan kasallik 
bo’lib, patologik jarayon asosan aorta ravog’i tarmoqlari, torakoabdominal 
aorta va uning tarmoqlarida kuzatiladi. VRG ning boshqa sabablari orasida 
nospetsifik aorto-arteriit 17-22% ni tashkil qiladi. Bu kasallikda buyrak 
arteriyalarining zararlanishi aksariyat ikki tomonlama bo’ladi va har ikkala 
jinsdagi shaxslarda ham kuzatiladi, biroq asosan yosh ayollarda ko’proq 
kuzatiladi. Kasallik odatda 11-20 yoshda boshlanadi, 2-3 yildan so’ng 
buyrak arteriyalarining torayishi yuzaga chiqadi. Patogenezi bo’yicha bu 
kasallik autoimmun xarakterga ega bo’lib, etiologiyasi xozirgacha to’liq 
aniqlangan emas. Klinik jihatdan kasallik tana haroratining ko’tarilishi, 
leykotsitoz, EChT ning ortishi, gipergammaglobulinemiya, fibrinogenning 
oshishi va C-reaktiv oqsili paydo bo’lishi kabi belgilar bilan boshlanadi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin