Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O’tkir miokard infarkti 
Miokard infarkti yurak mushagi muayyan qismining ishemik 
nekrozidan iboratdir. Jarayonning tarqoqligi bo’yicha miokard infarktining 
ikkita turi farq qilinadi: 1) transmural va 2) endokardial yoki intramural. 
Klinik kechishi bo’yicha asoratlangan va asoratlanmagan miokard 
infarkti farq qilinadi. O’tkir miokard infarkti klinik manzarasini 
belgilaydigan asosiy omillari toj arteriyalarining zararlanish va kollateral 
qon aylanishining yuzaga chiqqanlik darajasi hisoblanadi, yurak 
mushagining ko’p yoki oz shikastlanganligi va uning joylashuvi ko’p 


Gospital xirurgiyasi
111 Sahifa 
jixatdan ana shularga bog’lik. O’tkir miokard infarkti joylashuviga ko’ra 
yurakning oldingi devori, yon va orqa devori o’tkir miokard infarktiga 
bo’linadi. 
O’tkir miokard infarktini aniqlashda anamnez ma’lumotlaridan 
tashqari, elektrokardiografiya, ferment diagnostikasi (qon zardobida 
kreatinkinaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenazani aniqlash), 
Tc99 yoki Tl201 bilan radioizotop diagnostika, rentgenologik diagnostika, 
exokardiografiya, 
selektiv 
koronarografiya, 
chap 
tomonlama 
ventrikulografiya katta ahamiyatga ega. 
O’tkir miokard infarktini davolashning zamonaviy usullari.
O’tkir 
miokard infarktida davolash yurak faoliyati va qon aylanishini yaxshilab 
turish, asoratlarning oldini olish, miokardning xayotga layoqatli ko’proq 
qismini asrab qolishga qaratilishi lozim. Davolashni og’riq xurujini 
to’xtatish va ayni vaqtda oksigenoterapiya (burun kateteri orqali kislorod 
berish) o’tkazishdan boshlanadi. 
Miokardning 
shikastlanish 
sohasini 
chegaralash 
maqsadida 
o’tkaziladigan tadbirlarning ikki guruhi qo’llaniladi: 
1) infarkt bo’lgan va periinfarkt sohalarining koronar perfuziyasini 
yaxshilaydigan tadbirlar; 
2) miokardning kislorodga extiyojini kamaytiradigan tadbirlar. 
Birinchi 
guruhdagi 
tadbirlar: 
dori-darmonlar, 
endovaskulyar 
(invaziv) va jarrohlik usullar bilan yaxshilashga erishish mumkin. 
Konservativ davolash antispastik ta’siri bo’lgan preparatlar, qon shaklli 
elementlari agregatsiyasini kamaytiradigan preparatlar, beta-adrenergik 
retseptorlarni blokada qiladigan preparatlar, kaltsiy antagonistlarini o’z 
ichiga oladi. Konservativ davolash bilan bir qatorda buzilgan qon oqimini 
va infektsiyalangan sohani tiklashga, yurak mushagi shikastlari o’lchamini 
chegaralashga yordam beradigan qator endovaskulyar va jarrohlik usullari 
mavjud. Ular orasida koronar ichi trombolitik muolajasi, aorta ichi 
kontrpulsatsiyasi va aortokoronar shuntlash eng ta’sirchan usullardan 
sanaladi. Trombolitik preparatlarni koronar qon tomirga yuborish 
trombozga uchragan toj tomirni rekanalizatsiya qilishga, unda qon oqimini 
tiklashga, shikastlanish sohasini chegaralashga, miokard periinfarkt 
ishemiyalangan sohasining yashashga layoqatini saqlab qolish va o’tkir 
miokard infarktidan o’limni kamaytirishga qaratiladi. Okklyuziyalangan 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin