Gospital xirurgiyasi
123 Sahifa
Spiral KTA VRG si bor bemorlarda buyrak qon oqimini o’lchash,
shuningdek, tomirlarning uch o’lchovli tasvirini olish uchun qo’llanilishi
mumkin (150 ml gacha kontrast modda ishlatiladi).
Ushbu tekshiruv
buyrak arteriyasining 50% dan ortiq stenozini aniqlash uchun 98%
sezuvchanlikka va 94% xoslikka ega. VRG ni diagnostika qilishdagi
birincha qadam bu patologiyaning o’rta va yuqori ehtimoli bo’lgan
bemorlarni klinik mezonlar bo’yicha tanlash hisoblanadi.
51 – rasm. Uch o’lchovli spiral KTA. Ung buyrak arteriyasi stenozi.
Noinvaziv skrining testlari buyrak arteriyasi
stenozi gumoni yuqori
bo’lgan bemorlarni maqsadli tanlab olishni ta’minlaydi, undan keng
ko’lamda foydalanilganda rentgen angiografiyasining
potentsial nojuya
tasvirlarini kamaytirishga imkon beradi. Faqatgina kasallik ehtimoli yuqori
bo’lgan bemorlardagina taxmin qilinayotgan buyrak arteriyasi stenozini
aniqlash uchun rentgen tekshiruvi amalga oshirilishi kerak.
Spiralli KTA
buyrak qon tomirlarini sifatli vizualizatsiyasini ta’minlashi mumkin, biroq
ko’p miqdordagi kontrastni talab qiladi. Xozirgi vaqtda MRT bemorlarga
xavfli bo’lmagan tarzda buyrak tomirlari tasvirini sifatli darajada beryapti.
Dostları ilə paylaş: