Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
117 Sahifa 
VRG yana quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buyrak 
arteriyasining ekstravazal kompressiyasi oqibatida, buyrak arteriyasi o’tkir 
trombozi yoki emboliyasi natijasida, buyrak arteriyalarida anevrizma hosil 
bo’lishi, buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, nefroptoz, o’sma, kista, 
buyraklarning rivojlanish nuqsonlarida va boshqalarda. 
Patogenezi. 
Buyrak arteriyasining torayishi yoki yopilib qolishi 
(okklyuziya) buyrakda qon oqimining kamayishiga va perfuzion bosim 
pasayishiga olib keladi. Buyrak to’qimasining ishemiyasi hosil bo’lish 
natijasida yukstaglomerulyar apparat (YuGA) ho’jayralari giperplaziyasi 
rivojlanadi va buning oqibatida renin (gormon) gipersekretsiyasi 
kuzatiladi. Renin jigarda hosil bo’lgan nofaol angiotenzinogenni 
angiotenzin I ga aylantiradi. Angiotenzin I esa angiotenzinni konvertatsiya 
qiladigan ferment ta’siri ostida angiotenzin II ga aylanadi. Angiotenzin II – 
eng kuchli vazokonstriktorlardan biri bo’lib, arteriolalarga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi va ularni torayishiga olib keladi, tomirlarning periferik 
qarshiligini keskin ravishda ko’paytiradi. Bundan tashqari, angiotenzin II 
buyrak usti bezlari po’stloq qavati tomononidan aldosteron ishlab 
chiqarilishini rag’batlantiradi, bu esa o’z navbatida organizmda natriy 
ionlari va suvning tutilishi bilan kechadigan ikkilamchi giperaldosteronizm 
rivojlanishiga olib keladi. 
Periferik angiospazm, gipernatriemiya va gipervoliemiya, arterial 
gipertenziyani yanada chuqurlashishiga sabab bo’ladi. Kasallikning 
boshlang’ich davrlarida buyrak usti bezining po’stloq qismidagi 
o’zgarishlar funktsional xarakterga ega bo’lib, morfologik o’zgarishlar 
minimal holatda bo’ladi. Keyinchalik esa, o’zgarishlar organik tusga 
o’tadi: bez xujayralari gipertrofiyaga uchraydi va oqibatda buyrak usti 
bezining diffuz yoki tugunchali giperplaziyasi rivojlanadi. 
Aldosteronni doimiy ravishda ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi
renin 
sekretsiyasini 
kamaytiradi, 
shuning 
uchun 
ikkilamchi 
giperaldosteronizm rivojlanishi bilan kam reninli VRG shakllanadi. Klinik 
manzarasi. Simptomatik gipertenziyalarning ayrim turlariga (Konn 
sindromi, 
Kushing 
sindromi, 
feoxromotsitoma) 
xos 
patognomik 
simptomlar VRG da yo’q. 
Bemorlarning shikoyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin