Gospital xirurgiyasi 103 Sahifa
tomirlar angioplastikasi, aorta ichi kontrpulsatsiyasi, aorta-toj tomirlarini
shuntlash amaliyotlari qo’llanilishini talab etadi.
Yurakning surunkali ishemik kasalligi Yurak ishemik kasalligining asosiy va tez-tez uchrab turadigan
simptomi to’sh sohasida jismoniy harakat vaqtida yuzaga chiqishi va
tarqalishi jihatidan oshib boradigan bosimni his qilish hisoblanadi. Odatda
og’riq, ko’krakda yoqimsiz sezgi bilan o’tadi, u chap elkaga, ko’lga yoki
ikkala ko’lga, bo’yin, jag’, tishlarga o’tadi. Bu paytda bemorlarda odatda
nafas olish qiyinlashadi, vahima paydo bo’ladi. Ular harakatdan
to’xtaydilar va xuruj o’tib bo’lguncha qimirlamay turadilar. Ularning teri
koplamlari oqarib ketishi mumkin, kuchli xurujda peshonadan sovuq ter
chiqadi. Nitroglitserin qabul qilingandan yoki jismoniy zo’riqish bartaraf
etilgandan so’ng tasvirlangan belgilar odatda yo’qoladi.
Stenokardiya xurujining necha marta tutishi bilan aterosklerozga
uchragan toj tomirlar darajasi o’rtasida bog’liqlik borligi aniqlangan.
Stenokardiya xurujlari tutishi bilan toj tomirlar aterosklerozining og’ir-
engilligi o’rtasida ham xuddi shunday bog’liqliklar borligi ma’lum.
Yurak ishemik kasalligining eng xatarli ko’rinishlaridan biri yurak
etishmovchiligi bo’lib, u mehnat qobiliyatining vaqtinchalik yoki batamom
yo’qotilishiga, nogironlikka va o’limga sabab buladi.
Stenokardiya diagnostikasida kasallik anamnezini aniqlashning
muhim ahamiyati bor. Biroq ayrim bemorlarda kasallik boshqacha, atipik
simptomatika bilan yoki simptomlarsiz o’tishi mumkin.
Diagnostik usullar orasida EKG muhim o’rin tutadi, u kasallikni
diagnostika qilish, uning og’ir-engilligiga baho berish, joylashgan sohasini
va
miokardda
qon
aylanish
etishmovchiligi
va
postinfarkt
kardiosklerozning qancha joy egallaganini aniqlashga imkon beradi.
YuIKga (yurak ishemik kasalligi) shubha qilingan barcha bemorlarda
12 nuqtada EKG tekshiruvini o’tkazish lozim. Yurak ishemik kasalligi
bo’lgan 35% bemorlarning tinch turgan holatida qayd qilingan EKGda
miokard ishemiyasi belgilari aniqlanmaydi. Bunday bemorlarda tashxisni
aniqlash va toj tomir qon aylanishining rezerv imkoniyatlarini bilish uchun
bir qator qo’shimcha elektrokardiografik tekshiruvlar: jismoniy ish bilan
sinamalar (veloergometriya) va EKGda 24 soatlik uzluksiz monitoring