Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Qisuvchi perikardit.
Asosiy sababi – sil, kamroq revmatizm
nospetsifik infektsiya, jarohatlardir. Surunkali yallig’lanish jarayoni fibroz 
o’zgarishga, perikard parietal va vistseral varaqlarining qalinlashuviga olib 
keladi, ular qo’shilib ketadi, aksariyat hollarda ular kaltsifikatsiyaga 
uchraydi. Yurak xaltasi bo’shlig’i obliteratsiyaga uchraydi. Bularning 
hammasi yurak ishini qiyinlashtiradi, uning ezilib qolishiga va 
tomirlarining buralishiga olib keladi.
Klinikasi va diagnostikasi. 
Bemorlarni nafas qisishi, yurak sohasida 
bosilish sezgisi, umumiy behollik bezovta qiladi. Yuz tsianozi, rangparlik, 
gavda va oyoqlarda shish, jigar o’lchamlarining kattalashuvi, unda 
dimlanish hodisalari qayd etiladi. Auskultatsiyada yurak tonlari bo’g’iq. 
Yurak chegaralari normada yoki toraygan. Arterial bosim pasaygan, venoz 
bosim ko’tarilgan. Rentgenologik jihatdan yurak soyasi konturlari 
deformatsiyalangan, yurak qisqarishlari amplitudasi kamaygan, ayrim 
qismlari harakatsiz. EKGda hamma usullarda voltaj pasayishi kuzatiladi. 
Ultratovush bilan skanerlashda turli qalinlikdagi perikardial bitishmalar, 
ohak bilan qoplangan qismlar topiladi. 
Davolash
– jarrohlik usulida. Amaliyot o’zgargan perikardni radikal 
kesib olib tashlashdan iborat. 
Yurak ishemik kasalligi 
Yurak ishemik kasalligi, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 
ekspertlarining ta’rifiga ko’ra, miokardning arterial qon bilan 
ta’minlanishining nisbiy yoki mutloq kamayishi oqibatida paydo bo’lgan 
yurakning o’tkir yoki surunkali disfunktsiyasidan iborat. 
Yurak ishemik kasalligining rivojlanishi (patogenezi) asosan 
miokardning kislorodga bo’lgan ehtiyoji bilan uning yurak mushagiga 
etkazilishi orasidagi muvozanatning buzilishidan iborat. Yurak ishemik 
kasalligining anatomik negizi 90% dan ko’p hollarda yurak arteriyalarining 
torayishi (stenoz) hisoblanadi. Yurak arteriyalari stenozini keltirib 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin