Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Aortal yurak nuqsonlari 
Aortal klapan stenozi, etishmovchiligi, qo’shma zararlanishlari farq 
qilinadi. Bemorlar nafas siqishi, stenokardiyaga hos og’riq, yurak urishi, 
uning goh urib, goh to’xtab qolgandek bo’lishi, bosh aylanishi, hushdan 
ketib turishdan shikoyat qiladilar. 
Ko’zdan kechirilganda pastga va chapga siljigan yurakning yuqoriga 
ko’tarilib turadigan cho’qqi turtkisi aniqlanadi. Aortal klapan 
etishmovchiligida hamma arteriyalar pulsatsiyasi kuchayishi, diastolik 


O`quv qo`llanma
98 Sahifa 
bosimning keskin pasaygani holda sistolik bosimning oshishi qayd 
qilinadi. Aortal stenozda aortal klapan proektsiyasida dag’al sistolik 
shovqin eshitiladi. Klapan etishmovchiligida II tondan keyin birdaniga 
keladigan diastolik shovqin eshitiladi. Rentgenologik jihatdan yurak 
o’lchamlarining chap qorincha, yuqoriga ko’tariladigan aorta va uning 
ravog’i hisobiga kattalashuvi aniqlanadi. Yurak “beli” yaxshi ifodalangan. 
Yurak bo’shliqlarini kateterizatsiya qilish stenoz yoki klapan 
etishmovchiligi darajasini aniqlash imkonini beradi. 
Davolash.
Kasallikning II va III bosqichidagi bemorlar jarrohlik 
usulida davo qilinishlari kerak. Alohida stenozda jarrohlik amaliyoti chap 
qorinchada va aortada bosim gradienti 30 mm dan oshganda qilinishi 
kerak. Klapandagi kuchsiz o’zgarishlarda klapan saqlab qolinadigan 
jarrohlik amaliyotilarini bajarish lozim. Qopqoqlar kuchli o’zgarishga 
uchraganda – aortal klapan protezlanadi. 
Perikarditlar 
Perikardit – perikardning vistseral va parietal varaqlarini 
yallig’lanishidir. Birlamchi perikarditlar va ko’krak qafasi a’zolari 
kasalliklarining oqibati sifatida paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar 
farqlanadi. Perikarditlar klinik kechishi bo’yicha o’tkir va surunkali 
turlarga bo’linadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin