Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
93 Sahifa 
41 – rasm. Aorta koarktasiyasi turlari. a) postduktal, b) preduktal,
c) preduktal katta hajmda. 1 – koarktasiya joyi,
2 – Ochiq arterial yo’l. 
 
Klinikasi va diagnostikasi.
Bemorlar bosh og’rig’i, bosh aylanishi, 
yurganda oyoqlarining tez og’rib qolishi, ko’zning xiralashishi, oyoqlar 
paresteziyasi va sovqotishidan shikoyat qiladilar. Oyoq arteriya qon 
tomirlarida puls bo’lmaydi. Qo’l arteriyalarida arterial bosim oshgan, oyoq 
arteriyalarida
90 esa aniqlanmaydi yoki birmuncha pasaygan. Bemor ko’zdan 
kechirilganda qovurg’alararo arteriyalar pulsatsiyasi, ularning ustida 
koarktatsiya joyi sohasida sistolik shovqinni aniqlash mumkin. 
Rentgenogrammalarda chap qorincha konturlarining kengayganligi qayd 
qilinadi, birinchi va ikkinchi ravoqlar konturlari 3 raqamini eslatadi. 
Angiokardiografiya – aorta toraygan joyini, shaklini, o’lchami va 
darajasini aniqlash imkonini beradi. 
Davolash
– faqat jarrohlik usuli. Zamonaviy miniinvaziv amaliyotlar 
orasida aorta koarktasiyasining toraygan qismiga stent qo’yish ko’plab 
bajarilmoqda. 


O`quv qo`llanma
94 Sahifa 
41 – rasm. Aortaning toraygan sohasiga stent qo’yish. 
 
Jarrohlik amaliyotlari aortaning toraygan qismini rezektsiya qilish va 
«uchma-uch» anastomoz qo’yishdan iborat. Uzaygan torayish bo’lgan 
hollarda aortaning rezektsiya qilingan qismi sintetik protez bilan 
almashtiriladi. 
Orttirilgan yurak nuqsonlari 
Revmatizm – orttirilgan yurak nuqsonlari shakllanishiga sabab 
bo’ladigan asosiy kasallikdir. Shu bilan birga septik endokardit, miokard 
infarkti, ko’krak qafasi jarohatlari uning rivojlanishiga olib kelishi 
mumkin. Revmatizmda biriktiruvchi to’qima zararlanishi oqibatida turli 
klapanlarning qopqoqlari bir-biriga yopishib ketadi, bu stenozga yoki 
chetlarining yupqalashishi va deformatsiyasiga, kaltsiy tuzlari yig’ilishi 
natijasida klapan etishmovchiligiga olib keladi. 
Aksariyat kombinatsiyalangan nuqson, ya’ni klapan etishmovchiligi 
bilan birga uning stenozlanishi vujudga keladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin