O`quv qo`llanma
90 Sahifa
Klinikasi va diagnostikasi.
Ushbu xastaligi bor bolalarda, ko’pincha
jismoniy o’sib etilmaganlik qayd qilinadi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi,
yurak urishi xurujlari, odatdagi jismoniy xarakatda tez charchab
qolishdan
iborat. Bemorlar nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklariga oson
beriluvchan bo’lib qoladilar.
Ob’ektiv tekshirishda teri qoplamlari
va shilliq pardalarning
rangparligi, cho’qqi turtkisining kuchayishi, yurak “bukriligi” borligi qayd
qilinadi. Auskultatsiyada to’sh suyagidan chaproqda, II qovurg’alar orasida
o’pka arteriyasi ustida sistolik shovqin eshitiladi.
Rentgenologik tekshiruvda yurak o’ng qorinchasi va bo’lmachasi,
shuningdek o’pka arteriyasi va uning tarmoqlarida kengaymalar ko’rinib
turadi. Exokardiografik skanerlash – yurak o’lchamlaridagi o’zgarishlarni,
yurak bo’lmachalararo to’siqning paradoksal harakatini ko’rsatib beradi.
Yurak zondlanganda bosimning oshganligi, yurakning o’ng bo’limlarida va
o’pka arteriyasida qonning kislorodga to’yinganligi qayd etiladi. Kateter
nuqson orqali o’ng bo’lmachadan chap bo’lmachaga o’tishi mumkin.
Davolash – faqat jarrohlik usulda. Tug’ma nuqsonlarni 4-8
yoshda
bartaraf etgan ma’qulroq. Operatsiya sun’iy qon aylanish yoki sun’iy
gipotermiya sharoitlarida bajariladi. Kichikroq nuqsonlar tikib quyiladi,
1-2 sm dan ortiq nuqsonlarda sintetik yamoq solinadi.
Dostları ilə paylaş: