O`quv qo`llanma
84 Sahifa
ko’kimtir tusga kiradi, barmoq bilan bosib ko’rilganda,
shu joyda asta-
sekin yo’qoladigan oqimtir dog’ qoladi. Ko’pincha bemor badanida, o’rta
darajada kengaygan venalar ko’rinib turadi, ular ko’krak qafasi sohasida va
bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Tirnoq falangalari
nog’ora tayoqchalari ko’rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust
rivojlanadi.
Ko’zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko’rinadi.
Auskultatsiyada yurak cho’qqisida I tonning qisqarganligi va o’pka
arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II-III qovurg’alar orasida to’sh
suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi.
Qon analizlarida
eritrotsitlar miqdori 6-10 12/l gacha va gemoglobin miqdori 130-150 g/l
gacha ko’paygan.
Fonokardiogrammada o’pka arteriyasi ustida shovqin, nuqson sohasi
ustida va qorinchalararo to’siqda shovqin qayd etiladi. Rentgenologik
tekshiruvda quyidagilar aniqlanadi: yurak bir me’yorda kengaygan, yurak
beli yaxshi bilinadi, cho’qqisi yuqoriga siljigan. O’pka arteriyasi sathidagi
kontur yassi va ichiga botgan; aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismi va
ravog’i kengaygan; o’pkaning
tasviri xiralashgan, ildizlari soyasi
kamaygan bo’ladi. Yurakni zondlashda kateter bevosita o’ng qorinchadan
aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismiga o’tadi. O’ng qorinchaga kontrast
yuborilganda ayni vaqtda o’pka arteriyasi va yuqoriga ko’tariladigan aorta
to’ladi, o’pka arteriyasi stenozi aniqlanadi.
Davolash:
faqat jarrohlik usuli qo’llaniladi. Fallo tetradasida
jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo’lishi mumkin.
Palliativ
jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o’pka arteriyasi o’rtasida tutashma (yo’l)
xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o’pka
arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o’tib, tushishi ta’minlanadi.
Radikal jarrohlik amaliyotlari o’pka arteriyasi stenozini bartaraf
etish, qorinchalararo to’siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo’ladi.
Shunday yamoq chiqish bo’limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf
qilish maqsadida o’ng qorincha devori kesmasiga tikiladi. Eng ko’p
tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig jarrohlik amaliyoti kiradi.
Bunda o’ng o’mrov osti arteriyasi va o’pka arteriyasini o’ng tarmog’i
orasida anastomoz qo’yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan
oldin birinchi
bosqichda palliativ usul qo’llaniladi.