Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

 
 


O`quv qo`llanma
78 Sahifa 
TUG’MA VA ORTTIRILGAN YURAK NUQSONLARI 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Yuqori va pastki kovak venalar qonni yig’ib uni yurakning o’ng 
bo’lmachasiga tashiydi. Qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga uch 
tavaqali klapan bilan ta’minlangan bo’lmacha-qorincha teshigi orqali 
tushadi. O’ng qorinchadan qon o’pka arteriyasi bo’ylab o’ng va chap 
o’pkalarga etadi. Ulardan arterial qon to’rtta vena orqali chap bo’lmachaga 
tushadi, keyin esa bo’lmachaqorinchaaro ikki tavaqali mitral klapan 
joylashgan teshik orqali chap qorinchaga tushadi. Keyin qon uchta 
yarimoysimon tavaqalardan tashkil topgan klapan bilan ta’minlangan 
aortal teshik orqali aortaga yo’naltiriladi. O’ng va chap bo’lmachalar 
bo’lmachalararo to’siq bilan bo’lingan, u o’z davomida qorinchalararo 
to’siqqa o’tadi. 
Yurakning qon ta’minoti aortadan va Valsalva sinusi sohasidan 
chiqadigan ikkita toj arteriyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yurak 
venalari toj sinusiga yoki bevosita o’ng bo’lmacha va qorinchaga quyiladi. 
Yurak mushagi strukturasi va faoliyati bo’yicha bir-biridan farq qiladigan 
ikkita element – qisqaruvchi miokard tolalari va o’tkazuvchi sistemadan 
tashkil topgan. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi o’ng bo’lmacha devorida 
joylashgan sinus tugunidan (Keyt-Flak tuguni) iborat. Sinus tugunidan 


Gospital xirurgiyasi
79 Sahifa 
keladigan impulslar atrioventrikulyar tugunga tarqaladi, chap va o’ng 
oyoqchalarga bo’linadigan bo’lmacha-qorincha tutamlariga o’tadi. 
Yurakning ish faoliyati davri (tsikli) qorinchalar sistolasi va 
diastolasi davriga bo’linib, ularning oxirida bo’lmachalar sistolasi sodir 
bo’ladi. Yurak qorinchalari tomonidan qon tomirlarga haydaladigan qon 
hajmi, yuza maydoniga bo’lingan minutlik qon hajmi – yurak indeksi deb 
ataladi. Katta odamda osoyishta holatda yurak indeksi 3,5-4 l ga (min·m
2

teng, jismoniy ish bajarilayotganda esa, uning ko’rsatkichi 5-10 martaga 
ortadi. Chap qorincha va aortada normal bosim simob ustuni (Hg) hisobida 
120 mm dan, o’ng qorincha va o’pka arteriyasida – 25 mm dan oshmaydi. 
Perikard esa, yurakni qoplab turgan berk seroz xalta hisoblanadi. 
Maxsus tekshirish usullari. To’liq klinik diagnoz (tashxis) qo’yish, 
gemodinamika holatini aniqlash, yurak miokardi qisqarishi faoliyatini 
izdan chiqish (buzilish) darajasini aniqlash uchun, odatda quyidagi 
tekshiruv usullari qo’llaniladi: 
I. Noinvaziv tekshiruv usullari: exokardiografiya, rentgenografiya, 
kompyuter tomografiya (KT), magnit-rezonansli tomografiya (MRT). 
Ultratovush tekshiruv yordamida (exokardiografiya) yurak to’sig’i, yurak 
klapanlari nuqsonlarini diagnostika qilish, miokard qisqarish funktsiyasi 
buzilishlarini aniqlash, yurak ichi va markaziy gemodinamika xolatini 
aniqlash imkonini beradi. Ko’krak qafasi rentgenografiyasi diagnostik usul 
sifatida keng qo’llaniladi, albatta bu tekshiruv 3 proektsiyada, 
qizilo’ngachni kontrastlagan holda bajarishili shart: to’g’ri, chap va o’ng 
qiyshiq pozitsiyalarda. KT va MRT yuqoridagi tekshiruv usullarini 
to’ldiradi.
II. Invaziv tekshiruv usullari: Yurak bo’shliqlarini Seldinger usulida 
kateterlar yordamida zondlash. Zond yuborishning uchta usuli farq 
qilinadi: venoz, arterial va yurakni igna orqali punktsiya qilish. 
Tekshirishda yurak bo’shliqlaridagi bosim o’lchanadi, qon gaz tarkibiga 
baho beriladi va ventrikulografiya bajariladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin