O`quv qo`llanma
76
Sahifa
30 – rasm. O’ng o’pka bronxga yorilgan exinokokkozi (KT).
Exinokokkoz jarrohlik usulida davolanadi: Vishnevskiy, Bobrov,
Vaxidov usulidagi exinokokkektomiya, o’pkaning parazitar kistasi bo’lgan
qismini kesish. Xozirgi kunda endoskopik jarrohlik amaliyotlari
rivojlangan tufayli, videotorakoskopik usulda exinokokkektomiya jarrohlik
amaliyoti bajrilishi mumkin.
Ikki tomonlama jarayonda jarrohlik amaliyoti bosqichma-bosqich
qilinadi. O’pkasida exinokokkozi bo’lgan bemorlarning qarib 50
foizida
ayni vaqtda jigar ham zararlanishini eslatib o’tish lozim, davo taktikasi
qo’llashda buni nazarda tutish lozim.
Alveolyar exinokokkoz
– qo’zg’atuvchisi – Echinococcus
multilocularis yovvoyi hayvonlar – bo’ri, tulki,
qutb tulkisi ichagida
parazitlik qiladi. Oraliq xo’jayini – olmaxon, suv qunduzi, nutriya. Hayvon
terisini ishlash vaqtida, yuqumli manbalar suvidan ichilganda yuqadi.
Avval jigarni zararlantiradi, undan o’pkaga o’sib kirishi mumkin. Xavfli
o’sma kabi infiltrativ yo’l bilan tarqaladi. O’pkada
kam uchraydigan
parazitar
kasalliklardan
paragonimoz,
tsistitserkoz,
toksoplazmoz,
askaridoz, amyobiaz, bilgartsiozni (shistosomoz) eslatib o’tish mumkin.
Bronxlar va o’pkaning xavfsiz o’smalari
O’pkaning xavfsiz o’smalari gistologik tuzilishiga ko’ra turli-tuman.
Ular o’pkadagi har qanday – epitelial (papilloma, adenoma), biriktiruvchi,
Gospital xirurgiyasi
77 Sahifa
mushak to’qimadan (fibroma, mioma, nevrinoma), shuningdek o’pkaga
xos bo’lmagan, embriogenez buzilishi natijasi bo’lmish abberant
to’qimalardan (teratoma, gemartroxondroma) o’sib chiqishi mumkin.
Bronx ichidagi o’smalar (aksariyat adenomalar) bronx bo’shlig’ida
o’sib qalinlashib, uning bo’shlig’ini
toraytiradi, so’ngra batamom bekitib
qo’yadi. Ko’p uchraydigan dastlabki belgilari uzoq vaqtgacha yo’talib
yurish, asta-sekin kuchayib boradigan nafas siqishi, qon tuflash
hisoblanadi. O’pka qismidagi gipoventilyatsiya sababli unda ko’pincha
zotiljam rivojlanadi. Yiringli jarayon avj olishi yiringli balg’am
paydo
bo’lishiga olib keladi. Rentgenologik manzara gipoventilyatsiya
uchastkalari
yoki
atelektazlarni
aniqlashda
yuzaga
chiqadi.
Tomogrammalarda bronx bo’shlig’ida o’sma soyasi ko’rinib turadi.
Bronxografiyada bronx cho’ltog’i aniqlanadi. Bronxoskopiya diagnostika
jihatdan eng ko’p ma’lumot beradi, bunda yuzasi silliq o’sma topiladi.
Tajriba bronx ichida adenomasi bor ko’pchilik bemorlarda uzoq vaqtgacha
to’g’ri diagnoz qo’yish qiyinligini ko’rsatmoqda. Yosh bolalarda
simptomlar triadasi (yo’tal, asta-sekin
oshib boradigan nafas siqishi, qon
tuflash) bo’lganda vrach bronx ichida o’sma bormikan, deb taxmin qilishi
va tegishli tekshiruv o’tkazishi lozim.
Davolash – jarrohlik usulida. O’smali bronx rezektsiya qilinadi.
O’pkaning atelektaz bo’lgan qismida o’zgarishlar bo’lganda uni rezektsiya
qilinadi.
Bronxdan tashqaridagi o’smalar odatda ko’p vaqtgacha sezilmay
yuradi, ko’pincha ularni tasodifan yoki profilaktik rentgenologik
tekshiruvda bexosdan aniqlanadi. O’sma kattalashgan sayin jarayonga
bronxlar, vistseral plevra qo’shilgandan keyin ko’krakda og’riq, yo’tal, qon
tuflash singari klinik belgilar paydo bo’ladi.
Rentgenologik jihatdan
bronxdan tashqaridagi xavfsiz o’smalarning semiotikasi qator umumiy
o’xshash tomonlarga ega. Odatda bular yakka-yakka sharsimon, konturlari
aniq gomogen tuzilmalardir.
Davolash – jarrohlik usulida. Jarrohlik amaliyoti o’smani o’pkaning
juda kichik qismi bilan olib tashlashdan iborat. Ba’zan o’pka to’qimasini
rezektsiya qilmasdan faqat o’smani olib tashlashni imkoniyati bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: