Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
72 Sahifa 
27 – rasm. Plevra empiemasi. Rentgenografiya. 
 
Plevra empiemasi diagnozi punktsion usul bilan tasdiqlangandan, 
ya’ni yiring olinganda plevra bo’shlig’i drenajlanadi. Drenajlash plevra 
bo’shlig’idan yiringli suyuqlikni doimiy chiqarish yoki uni doimo 
antiseptiklar bilan yuvish, antibiotiklar yuborish, vakuum moslamalar 
yordamida siyraklantirishga imkon beradi. Drenajlash uchun ko’pincha 
Byulau troakari yordamida torakotsentez qilishdan foydalaniladi. Mahalliy 
davolash bilan birga tamoyili jihatidan o’pkaning o’tkir yallig’lanish 
kasalliklaridagi davolashga o’xshash intensiv muolaja amalga oshiriladi. 
Plevraning o’tkir empiemasi asta-sekin surunkali turga o’tadi. 
Bunday o’tishning asosiy belgilari tana haroratining normal yoki subfebril 
haroratgacha pasayishi, kayfiyatning yaxshilanishi, yiringli ajralmaning 
kamayishi va qoldiq plevral bo’shliq hajmining barqarorlashuvi 
hisoblanadi. Biroq bu ahvol soxta yaxshilanishdir, chunki yiringli jarayon 
davom etadi va avj olib boradi, organizmning infektsiyaga chidami 
kamayadi va arzimagan noqulay sharoitlarda (sovqotish, charchash
qo’shilib kelgan kasalliklar) u qo’ziydi. 
Plevraning surunkali empiemasini diagnostika qilish qiyin emas. 
Rentgenologik tekshiruv usullari hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. 
Bo’shliqning joylashuvini va o’lchamlarini aniqlash uchun tomografiya, 


Gospital xirurgiyasi
73 Sahifa 
fistulografiya qilinishi kerak bo’ladi. Bronxografiya bronxial shox holatini 
aniqlash, bronxial oqma yaralar tabiati va joylashgan joyini aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Surunkali empiemani davolashda odatda jarrohlik usuli qo’llaniladi. 
Hozirgi vaqtda bronxial oqma yara o’pka to’qimasi rezektsiyasi bilan 
uchraganda plevrektomiya bilan o’pka dekortikatsiyasi eng ma’qul usul 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin