Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

 


O`quv qo`llanma
70 Sahifa 
Piopnevmotoraks 
Abstsess plevra bo’shlig’iga yorilganda yoki infektsiya plevraga 
subplevral joylashgan yallig’langan o’choqdan yiring tarqalganda paydo 
bo’ladi. 
Ko’pincha bronx-plevral oqma yaralar paydo bo’lishi bilan o’tadi, bu 
o’pkaning qisman yoki to’liq kollapsiga va plevral bo’shliqning doimo 
infektsiyalanib turishiga olib keladi. Ahvolning og’irligi intoksikatsiya, 
nafas etishmovchiligining keskin oshib borishi kabi holatlarga bog’liq 
bo’ladi.
Rentgenologik tekshiruvda plevra bo’shlig’ida, aksariyat hollarda 
sathi va gaz pufaklari bo’lgan suyuqlik borligi aniqlanadi. 
Bemorlarda plevra bo’shlig’ini punktsiya qilib yiringni aspiratsiya 
qilish, so’ngra drenajlash lozim bo’ladi. Plevra bo’shlig’ini aktiv 
aspiratsiya va floraga sezuvchanlikni hisobga olgan holda fermentlar 
(tripsin, ximotripsin) va antibiotiklar qo’shilgan antiseptik eritmalar 
(furatsilin, furagin) bilan lavaj qilinadi. Punktsiyada plevra bo’shlig’ida 
germetik holatning yo’qligi, yo’tal paydo bo’lishi, plevra bo’shlig’iga dori 
moddalari kiritilayotganda ta’m va hid sezgisi bilan yuzaga chiqadigan 
bronxial oqma yarada germetiklik yaratishga va o’pkaning yozilishiga 
imkon 
beradigan 
keltiruvchi 
bronxni 
vaqtinchalik 
bronxoskopik 
okklyuziyalash tavsiya etiladi. 
Jarayon surunkali turga o’tganda, xaltacha hosil qilgan plevra 
empiemasi shakllanganda (bunga aksariyat bronxo-plevral oqma yara 
borligi imkon beradi), jarrohlik yo’li bilan davolash – plevroektomiya bilan 
o’pka dekortikatsiyasi o’tkaziladi. 
O’pkada patologik o’zgarishlar bo’lganda qo’shma jarrohlik 
amaliyotlari – plevroektomiya bilan lobektomiya, plevropulmonektomiya 
qilish kerak bo’ladi. 
Plevra empiemasi 
Plevra empiemasi (yiringli plevrit) – vistseral va parietal plevraning 
chegaralangan yoki diffuz yallig’lanishi holda kechib, plevral bo’shliqda 
yiring yig’ilishi va yiringli intoksikatsiya zamirida, aksariyat nafas 
etishmovchiligi belgilari bilan o’tadi. Ko’pchilik hollarda plevra 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin