O`quv qo`llanma
66 Sahifa
Bronxoektatik kasallik
Bronx-o’pka sistemasining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib,
bronxlar devori elastik va mushak komponentlarining destruktsiyasi
munosabati bilan bronxlarning kengayib ketishidan (bronxoektazi)
iborat
bo’lgan kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanish mexanizmini bronx-o’pka
sistemasidagi tug’ma buzilishlar, boshdan kechirilgan yallig’lanish
jarayonlari, yot jismlarning ta’siri oqibatlari va shu kabilar bilan
bog’laydilar.
Bronxoektazlar turiga ko’ra
tsilindrsimon, qopsimon va aralash
turlarga bo’linadi. Atelektatik bronxoektazlar alohida guruhga ajratiladi.
Bronxoektazlar ayniqsa bolalik, o’smirlik
yoshida va navqiron yoshda
birmuncha ko’proq uchraydi. Ko’pchilik bemorlar uzoq vaqt xasta bo’lib
yuradigan kishilardir.
Anamnez to’g’ri yig’ilganda to’lqinsimon kechayotgan ko’p yillik
kasallikni aniqlashga muvaffaq bo’linadi. Bunda qisqa muddatli avj olish
davrlari davomli remissiya davrlari bilan almashinib turadi. Vaqt o’tishi
bilan tez-tez avj olishi bo’lib turadi, remissiyalar esa qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: