Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
71 Sahifa 
empiemasi o’pkadagi yallig’lanish va yallig’li destruktiv jarayonlar, 
shuningdek ko’krak a’zolaridagi jarohatlar va operativ aralashuvlarning 
asorati bo’lib hisoblanadi. Plevra empiemasining ko’zg’atuvchilari turli xil 
mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. 
Etiologiyasiga ko’ra spetsifik, nospetsifik va aralash empiema farq 
qilinadi. Klinik kechishi xarakteri bo’yicha o’tkir va surunkali bo’ladi. 
Jarayonning tarqalganligiga ko’ra tarqalgan va chegaralangan bo’ladi. 
Tutashish xarakteri bo’yicha bronxial oqma yarasiz, bronxial oqma yarali, 
plevral oqma yarali bo’lishi mumkin. 
Plevra empiemasi hamisha o’tkir jarayon sifatida, plevrada dag’al va 
barqaror morfologik o’zgarishlar paydo bo’lganda boshlanadi, bunda 
qoldiq bo’shliq shakllanadi, u uzoq kechadi, vaqti-vaqti bilan qo’zib turadi. 
Plevra empiemasi surunkali kasallik sanaladi. 
Klinik manzarasi.
Plevraning o’tkir empiemasi uchun umumiy 
intoksikatsiya belgilari, gipertermiya, et junjikishi, ko’krakda og’riq, 
bronxial oqma yara bo’lganda nafas qisishi, yiringli balg’am ajraladigan 
yo’tallar xos bo’ladi. Bemor ko’zdan kechirilganda teri qatlamlarining 
rangparligi, ba’zan tsianoz qayd qilinadi. 
Ko’krak qafasi tekshirilganda zararlangan tomonning nafas olishda 
orqada qolishi qayd etiladi. Plevra bo’shlig’idagi ekssudat yig’ilgan joy 
proektsiyasi ustida tovush titrashining sustlashgani yoki umuman yo’qligi, 
perkutor tekshiruvda to’mtoqlashgani, auskultativ tekshiruvda nafas olish 
shovqinining zaiflashgani yoki bo’lmasligi aniqlanadi. Qonda leykotsitoz, 
qon formulasining chapga siljigani, EChT oshganligi qayd qilinadi. 
Diagnostikada rentgenologik usullar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aniq 
diagnostika uchun rentgenografiya kamida 2 ta proektsiyada bajarilishi 
lozim. Tarqalgan empiemada plevra bo’shlig’ida ekssudat borligi yuqori 
chegarasi yoysimon (qiyshiq) qorong’ulik ko’rinishida aniqlanadi.
Chegaralangan empiemalarda aniq konturli har xil shakldagi 
gomogen soya aniqlanadi. Plevra bo’shlig’ida bronxial oqma yara 
bo’lganda suyuqlik sathi bo’lgan havo aniqlanadi. Plevra bo’shlig’ini 
punktsiya qilish natijalariga asoslanib aniqlanadi. Tarqalgan empiemada 
punktsiya orqa-qo’ltiq chizig’i buylab VI-VII qovurg’alar orasida 
o’tkaziladi. Chegaralangan turida – eng to’mtoqlangan nuqtasida va 
rentgenologik aniqlanadigan qorong’u joyida olib boriladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin