O`quv qo`llanma
86 Sahifa
Ochiq arterial yo’l
Ochiq arterial yo’l (боталлов проток) aortaning dastlabki bo’limini
o’pka arteriyasi bilan biriktirib turadi. Embrional davrda ochiq arterial yo’l
– normal fiziologik holat hisoblanib, odatda chaqaloq tug’ilganidan so’ng,
tez orada bu yo’l obliteratsiyaga uchraydi. Bu jarayon buzilganda, u
ochiqligicha qoladi va arterial qonni aortadan o’pka arteriyasiga o’tishi va
shu munosabat bilan qator gemodinamik buzilishlar vujudga keladi. Katta
qon aylanishi doirasidan kichik doiraga doimiy qonning o’tib
turishi
natijasida a’zolar va to’qimalarning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi,
kichik qon aylanishi doirasida bosim ortadi, o’pka
gipertenziyasi oshib
borganda shovqin sistolik shovqinga aylanib, o’pka
arteriyasi ustida juda
yaxshi eshitiladi.
36 – rasm. Ochiq arterial yo’l.
Rentgenologik tekshirishda o’pka tasvirining quyuqlashuvi, o’pka
arteriyasi va tarmoqlarining kengayishi qayd etiladi.
Yurakni zondlashda
o’pka arteriyasida bosimning ortishi, unda qonning kislorodga to’yinish
darajasining yuqoriligi qayd qilinadi. Aortografiyada
kontrast moddaning
aortadan o’pka arteriyasiga tushishi aniqlanadi.
Gospital xirurgiyasi
87 Sahifa
Davolash faqat jarrohlik usuli: ochiq arterial yo’lni bog’lash yoki
bog’lab, so’ng uni kesishdan iborat.
Qorinchalararo to’siq nuqsoni
Qorinchalararo to’siqning bitmaganligi (nuqsoni) gemodinamikaning
buzilishiga: arterial qonning chap qorinchadan o’ng qorinchaga, so’ngra
kichik qon aylanish doirasiga o’tishi bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: