Gospital xirurgiyasi
81 Sahifa
shunga yaqin xolat yuzaga keladi. Ahvolning og’irligi faqat qon
yo’qotishgagina emas, balki birinchi galda o’tkir yurak tamponadasiga
(yurakning perikard bo’shlig’iga quyilgan qondan bosilishi) bog’lik
bo’ladi.
32 – rasm. Yurak jarohatini tikish (sxematik tasvir).
O’tkir yurak tamponadasi
O’tkir yurak tamponadasi Bek triadasi bilan namoyon bo’ladi,
arterial
bosim keskin pasayib, ba’zan puls paradoksal bo’ladi. Markaziy
venoz qon bosimi tez va birmuncha ortadi, rentgenoskopiyada yurak soyasi
pulsatsiyasi aniqlanmaydi, auskultatsiyada yurak tonlarining keskin
sustlashuvi namoyon bo’ladi. Rentgenogrammalarda
yurak soyasi
kengaygan, trapetsiya yoki shar shakliga o’xshaydi. Gemoperikard borligi
EKG tishchalari voltaji pasayishiga olib keladi.
Davolash.
Perikard punktsiyasi va undagi qonni aspiratsiya qilish,
yurak
tamponadasi
rivojlanayotgan
hollarda
birinchi
yordam
ko’rsatishning ta’sirchan chorasi bo’lib, bemorni ixtisoslashgan davolash
O`quv qo`llanma
82 Sahifa
muassasasiga transportda etkazish uchun zarur vaqtni yo’qotmaslik
imkonini beradi. Yurak yaralangan degan tashxis qo’yilganda
yoki unga
shubha bo’lganda, yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish, gomeostaz
buzilishlarini korrektsiya qilishni o’z ichiga olgan samarali reanimatsion
tadbirlar o’tkazish bilan birga shoshilinch jarrohlik amaliyoti bajariladi.
Bunda qovurg’alararo torakotomiya kesmasi qo’llanilib, perikard ochiladi,
yurak jarohatini barmoq bilan bosib turib qon oqishi vaqtincha to’xtatiladi,
hamda perikard bo’shlig’i qon ivindilaridan tozalanadi. So’ngra, yurak
jarohatlari so’rilib
ketmaydigan iplar bilan, П-simon choklar qo’yilib
tikiladi. Perikardga esa, siyrak choklar qo’yilib, uning bo’shlig’iga kattaroq
diametrli (6-8 mm) drenaj naycha qo’yiladi. Mabodo amaliyot jarayonida
yurak to’xtab qolsa, yurak bo’shlig’iga adrenalin yuborilib, to’g’ridan-
to’g’ri massaj qilinadi. Qorinchalar fibrillyatsiyasida defibrillyatsiya
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: