Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O’pka arteriyasining torayishi 
O’pka arteriyasining alohida torayishi – oqish (asianotik) turdagi 
nuqsonlarga kiradi. O’pka arteriyasi boshlanish joyining stenozi o’ng 
qorinchadan kichik qon aylanish doirasiga qon oqib kelishiga to’sqinlik 
vujudga keltiradi. Boshlang’ich davrda o’ng qorincha gipertrofiyasi yuz 
berib, keyinchalik o’ng qorincha etishmovchiligiga aylanadi. Ikkilamchi 
gipertrofiya va bo’lmacha kengayishi tufayli trikuspidal klapanning nisbiy 
etishmovchiligi paydo bo’ladi. 


Gospital xirurgiyasi
91 Sahifa 
40 – rasm. O’pka arteriyasi klapani a) normada va b) stenozidagi 
holati. 
 
Klinikasi va diagnostikasi.
Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi 
(jismoniy xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez 
charchash, bolaning rivojlanishdan orqada qolishi. Ko’zdan kechirishda 
yurak “bukriligi”, to’shning chap chekkasida II qovurg’alar orasi 
paypaslab ko’rilganda sistolik titrash aniqlanadi. Perkutor tekshiruvda 
yurak o’lchamlarining o’ngga kattalashgani aniqlanadi. Auskultatsiyada – 
to’shning chap chekkasi bo’ylab II qovurg’alar orasida maksimal 
jaranglaydigan dag’al sistolik shovqin eshitiladi. EKG da o’ng qorincha 
gipertrofiyasi belgilari ko’rinadi. Rentgenologik manzara o’ng qorincha 
gipertrofiyasi, o’pka arteriyasining klapanlardan yuqori ko’tarilishi, o’pka 
arteriyasi periferik tarmoqlari bo’shlig’ining torayishi bilan ta’riflanadi. 
Yurak zondlanganda o’ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O’pka 
arteriyasida bosim normal yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni 
hisobida – 300 mm ga etishi mumkin. 


O`quv qo`llanma
92 Sahifa 
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to’xtatib quyilgan 
sharoitda stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o’tkaziladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin