Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Tug’ma aorta «og’zi» stenozi 
Klapan, klapan osti va klapan usti stenozlari tafovut qilinadi. Aorta 
«og’zi» stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga 
o’tishiga to’sqinlik qilib, uning ortiqcha ishlashiga, gipertrofiyaga 
uchrashiga, keyin esa dilatatsiyasiga va chap qorincha etishmovchiligining 
rivojlanishiga olib keladi. Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda 
koronar va tserebral qon aylanishi buzilishida namoyon bo’ladi. 
Klinikasi va diagnostikasi.
Nafas qisishi, tezda charchab qolish
yurak astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og’riqlar, bosh aylanishi, 
hushdan ketish kuzatiladi. Ob’ektiv tekshirishda chuqqi turtkisining 
kuchayishi va chapga siljishi, aorta proektsiyasida dag’al sistolik titrash 
aniqlanadi. O’ng tomonda II kovurg’alar orasida bo’yin tomirlariga 
o’tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Puls to’liqligi va tarangligi kuchsiz. 
Sistolik bosim pasaygan. EKG da levogramma, miokard ishemiyasi 
belgilari. 
Rentgenologik 
tekshirish 
yurakning 
gipertrofiyasi 
va 
kattalashgan chap qorinchasi bilan tipik aortal konfiguratsiyasini aniqlaydi. 
Angiokardiografiya torayish joyi va o’lchamlarini aniq belgilash, chap 
qorincha bilan aorta o’rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi. 
Davolash – faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan 
oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun’iy qon aylanish 
yoki gipotermiya sharoitlarida stenozni bartaraf etishdan iborat. 
Aorta koarktatsiyasi 
Aorta koarktatsiyasi – aorta bo’shlig’ining chegaralangan tug’ma 
torayganligi. Torayish ko’pincha chap o’mrov osti arteriyasi chiqadigan 
joydan pastroqda, aorta ravog’ining pastga tushadigan ko’krak aortasiga 
o’tadigan joyida joylashadi. Aortada toraygan joydan yuqorida qon bosimi 
oshadi, chap qorincha gipertrofiyaga uchrab, keyin dekompensatsiya xolati 
paydo bo’ladi. Bosh miya qon tomirlari havzasida gipertenziya, tserebral 
buzilishlar sifatida namoyon bo’ladi. Arterial sistemada bosim 
koarktatsiyadan pastda birmuncha pasaygan bo’ladi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin