Gospital xirurgiyasi
97 Sahifa
Mitral klapan etishmovchiligi
Mitral klapan tavaqalarining noto’liq
yopilishi sistola vaqtida
qonning qorinchadan bo’lmachaga qayta oqib kelishiga sabab bo’ladi.
Chap qorincha katta miqdordagi qonni doimo itarib turishga majbur
bo’ladi. Uning vazifasi ortadi, unda gipertrofiya va dilatatsiya rivojlanadi.
Klinikasi
va
diagnostikasi.
Nuqsonning
bu
turida
kompensatsiyasida bemorlar o’zlarini qoniqarli his kiladilar,
lablarda
tsianoz kuzatilishi mumkin. Chap qorinchaning qisqarish xususiyati
pasayib ketganda nafas qisishi, yurak urishidan shikoyatlar bo’ladi.
Keyinchalik yurak astmasi xurujlari qo’shilishi mumkin. Ko’zdan
kechirishda yurak turtkisi 3-4
sm gacha oshgan, chapga siljigan.
Auskultatsiyada sistolik shovqin, o’pka arteriyasi ustida II ton aktsenti
qayd qilinadi. Qizilo’ngachni kontrastlab rentgenologik
tekshirishda chap
qorincha va bo’lmachaning kattalashuvi aniqlanadi. Rentgenokontrast
tekshirish chap qorinchadan bo’lmagan qon regurgitatsiyasi hajmini, mitral
teshik maydonini, yurak bo’shliqlari va o’pka
arteriyasidagi bosimni
aniqlashga imkon beradi.
Davolash mitral stenoz bosqichidagi kabi. Kasallikning rivojlanish
bosqichi va mitral etishmovchilik darajasi aniqlanadi. Kasallikning
I bosqichidagi bemorlarga jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi.
Jarrohlik
amaliyoti II va III bosqichlarda o’tkaziladi. IV bosqichda bemorlar
jarrohlik amaliyotini ko’tara olmaydilar, V bosqichda
jarrohlik amaliyoti
bajarish mumkin emas. Mitral etishmovchilikning asoratlanmagan turlarida
klapanda rekonstruktiv amaliyotlar bajariladi. Kaltsinoz va fibroz
bo’lganda klapan protez bilan almashtirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: