Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O’tkir perikardit.
A’zolarning og’ir yallig’lanishi kasalliklarida 
yoki sepsisda paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar ko’proq 
uchratiladi. Ba’zida esa, o’tkir perikarditga jarohatlar, revmatizm, sil 
kasalliklari sababchi bo’ladi. Fibrinoz (quruq) perikardit perikardning 
vistseral va parietal varaqlarida fibrin tolalarining yig’ilishi bilan 
ta’riflanadi. 
Kasallikning asosiy belgilari – yurak sohasidagi sanchiydigan va 
keskin og’riqlar bo’lib, ular chuqur nafas olganda va yo’talda kuchayadi
taxikardiya, nafas olishning tezlashuvi, tana haroratining qisqa fursatga 
ko’tarilishi hisoblanadi. Auskultatsiyada dag’al xususiyatga ega bo’lgan 
perikard ishqalanishi shovqini aniqlanadi, u yurak qisqarishlari bilan 
sinxron ravishda eshitiladi, oldinga engashilganda kuchayib, nafasni tutib 
turilganda yo’qolmaydi. 


Gospital xirurgiyasi
99 Sahifa 
EKGda miokard subendokardial qavatida qon aylanishi buzilganidan 
dalolat beradigan o’zgarishlar qayd qilinadi. 
Seroz perikardit. 
Perikard bo’shlig’ida yallig’lanish xarakteridagi 
seroz yoki seroz-fibrinoz suyuqlik yig’ilishidir. Asosiy simptomlari: to’sh 
orqasida kuchli og’riqlar, ular orqaga va elka ustiga o’tadi, nafas siqiladi. 
Atrofdagi a’zolarning perikardial ekssudatdan siqilishi sababli yutish 
qiyinlashadi, hiqichoq tutadi, ovoz bo’g’iladi. Tekshirib ko’rilganda 
cho’qqi turtkisi zaiflashgan, yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari 
bo’g’iq eshitiladi. Rentgenologik tekshirishda yurak soyasining 
kengayganligi, pulsatsiya pasayganligi qayd etiladi. EKGda asosiy 
tishchalarning pasayishi aniqlanadi. Perikard bo’shlig’ida ekssudat tez 
yig’ilganda yurak tamponadasi rivojlanishi mumkin, u oshib boradigan 
taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, tsianoz, o’pka shishi rivojlanishi 
bilan namoyon bo’ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin