O`quv qo`llanma 104 Sahifa
o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar koronar etishmovchilik asosini
miokard vaskulyarizatsiyasining funktsional buzilishi – tojsimon
arteriyalar spazmi tashkil qilsa, ergometrin sinamasi birmuncha namunali
diagnostik test hisoblanadi. U EKGni nazorat qilib turgan holda ergometrin
maleat (ergonovin) preparatini venaga oqim bilan yuborishdan iborat.
Bunda EKGda ST segmentining izoelektrik chiziqdan surilishi va
stenokardiya xuruji paydo bo’lishi sinamaning musbatligini ko’rsatadi.
Yurak ishemik kasalligi bo’lgan bemorni rentgenologik tekshirish
ko’krak
qafasi
a’zolarini
rentgenoskopiya
va
yurakni
rentgenoelektrokimografiya qilishni o’z ichiga oladi, ular yurak ishemiyasi
asoratlari borligi (yurak anevrizmasi, qorinchalararo to’siqning postinfarkt
nuqsoni) va ko’krak qafasi a’zolarining qo’shilib keladigan kasalliklari
to’g’risida tasavvur beradi.
Yurak ishemik kasalligida tekshirishning radionuklid usullari,
xususan sokinlikda va jismoniy harakat bilan sinama o’tkazish vaqtida
Tl201 bilan miokardni stsintigrafiya qilish, shuningdek radionuklid
ventrikulografiya usulini qo’llash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Bular
chap qorinchaning funktsional holati to’g’risida ma’lumot beradi.
Tekshirishning radionuklid usullari yurak zarbali va minutlik hajmini,
aylanib yurgan qon xajmini, kichik qon aylanishi doirasida qon oqimi
vaqtini va o’pkada aylanib yurgan qon xajmini o’rganishga imkon beradi.
Yurak exografiyasi noinvaziv usul bo’lib, yurakning tuzilishi va
miokard funktsiyasini tadqiq qilishga yordam beradi. Exokardiografiya
usulidan chap qorincha funktsional qobiliyatini va yurak ishemiyasi
kasalligini, qorinchalararo to’siqning postinfarkt nuqsoni yoki mitral
klapan etishmovchiligi, chap qorinchaning infarktdan keyingi anevrizmasi
singari yurak ichi gemodinamikasi asoratlarini o’rganishda foydalaniladi.
Chap qorinchani o’rganishda exokardiografiya chap qorincha bo’shlig’i,
qalinligi va orqa devori o’lchamlari, orqa devor kinetikasi, qorinchalararo
to’siq xarakati, chap qorinchaning oxirgi sistolik va oxirgi diastolik hajmi,
qon otilish fraktsiyasi, zarbali hajmi to’g’risida ma’lumot olishga imkon
beradi. Miokard qisqaruvchanligining lokal buzilishlariga baho berishda
exokardiografiya vaqtida nitroglitserin bilan farmakologik testdan
foydalaniladi. Nitroglitserin qabul qilingandan so’ng gipoksiya sohasining
yo’qolishi o’zgarishlarning ishemik xususiyatidan dalolat beradi. Bunda