Adres –
xotira qurilmasidagi axborot yoziladigan katakcha (yachey-
ka) larning nomeri.
Algoritm – ma’lum bir turkumdagi hamma masalalarni yechishda
ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi
aniq qoida.
Algoritmik til – belgilar to’plami va bu belgilardan algoritmlarni
yozish uchun mo’ljallangan til konstruksiyalarini tuzish va ifodalash
qoidalari tizimi.
Amaliy dasturiy ta’minoti – bu foydalanuvchining aniq vazifalarini
hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish
uchun mo’ljallangan bo’lib, operasion tizimlar imkoniyatlarini ken-
gaytiruvchi paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatik
boshqarish tizimida ishlashga mo’ljallangan paketlardan iborat.
Analog (uzluksiz) signallar– biror ma’lum vaqt oralig’ida cheksiz
ko’p qiymatga ega bo’ladigan uzluksiz signallar.
Animasiya – bu obyektlar, kameralar, yorug’lik manbalarini o’zaro
joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo’yicha
o’zgarishiga ega vazifa, topshiriq.
Antivirus dasturi – bu kompyuter viruslarini aniqlash, ularni
o’chirish va ulardan muhofazalash uchun ishlab chiqilgan dastur bo’lib,
uning turlari: detektor dasturi; doktor (davolovchi) dastur; revizor (taftish)
dasturi; filtrli dastur; vaksina yoki immunitet hosil qiluvchi dastur.
Arxiv fayl – siqilgan holda yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir
necha faylning yagona ko’rinishi.
Arxivlash dasturlari – diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini
kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar.
180
Arxivni ochish – arxiv faylda joylashgan fayllarni asl holatiga
qaytarish.