181
Axborot texnologiyasi fani –
axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish
va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi texnik vositalarni ishlatishni
o’rgatuvchi fan.
Axborot tizimi –
belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni
shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta
ishlash prinsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda
vositalar (odam-kompyuter)ning o’zaro bog’langan majmui.
Axborotga ishlov berish –
texnologik jarayoni belgilangan ketma-
ketlikda bajariladigan operasiyalar majmui bo’lib, bundagi operasiyalar:
dastlabki axborotni to’plash, birlamchi ishlov berish va ro’yxatga olish
(birlamchi tashuvchilarda qayd qilish); ma’lumotlar va abonentlarning
so’rovlarini aloqa kanallari bo’yicha uzatish; ma’lumotlar va so’rovlarni
qabul qilish va hisobga olish; qabul qilingan axborotning ishonchliligini
nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish; ma’lumotlarni tashuvchi mashi-
nalarga ko’chirish va ko’chirishning to’g’riligini nazorat qilish;
ma’lumotlarni EHMga kiritish kiritish to’g’riligini nazorat qilish;
ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish;
chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.
Dostları ilə paylaş: