183
Dasturli virus —
avtonom ravishda ishlovchi, boshqa dastur
qismiga o’z – o’zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari
hamda alohida kompyuterlarda tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dastur.
Diskretlash –
analog signallarni raqamli ko’rinishga o’tkazish
jarayoni.
Displey –
axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual tas-
virlaydigan qurilma.
Doktor revizorlar –
fayl va diskning tizimli sohasidagi
o’zgarishlarni aniqlash bilan birga, o’zgargan fayllarni dastlabki holatiga
qaytara oladigan virusga qarshi dasturlar.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiya-
si)
– bu kompyuterlarni qo’llash, foydalanuvchilarning (dasturlash so-
hasida kasb egasi bo’lmaganlarning) axborot jarayonida faol ishtirok et-
ishiga, «do’stona» foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga,
umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng
qo’llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini
uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kiritishga
asoslangan texnologiyadir.
Internet (Internet)
–
xuddi shu nomdagi jamiyat tomonidan tuzilgan
xalqaro axborot tarmoqlarining global tarmog’i bo’lib, u minglab lokal va
mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun
dunyo kompyuter tarmog’idir.
Internetning axborotli qismi –
internet tarmog’ida mavjud bo’lgan
turli elektron hujjat, grafik rasm, audioyozuv, videotasvir va hokazo
ko’rinishidagi axborotlar majmui.
Dostları ilə paylaş: