Kompyuter tarmoqlari –
kompyuterlarda o’zaro axborot almashish
imkoniyatini beruvchi qurilmalar majmui.
Kompyuterli modellashtirish – hodisa va jarayonlarning modelini
kompyuterda ko’rish va o’rganish.
Lokaltarmoq –
bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda
joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beradi va
kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtiradi.
Matematik model – o’rganilayotgan obyektning matematik formula
yoki algoritm ko’rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi
funksional bog’lanish.
Matematik ta’minot – avtomatlashtirilgan axborot tizimining ele-
menti bo’lib, axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan ax-
borotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Material – bu ko’rinadigan xususiyatlar (rang, faktura, aks ettirish,
keskinlik yoki noaniqlik) ning kombinasiyasi, ular yordamida bitta sirt
boshqasidan farqlanadi.
Matnli protsessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berish
uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy mahsulot turi.
Mahalliy tarmoq – bir tashkilot yoki ishlab chiqarish birlashmasi
doirasida kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Ma’lumotlar bazasi (MB) – obyektlarning muayyan sinflarini tavsi-
flovchi axborot massivlarining majmui;
kompyuterning uzoq, muddatli
xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq, amallarni
bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisi.
Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyo-
sidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlash-tirgan tarmoq.
Model (lot. o’lchov, namuna, me’yor) – biror obyekt yoki obyektlar
tizimining obrazi, namunasi yoki xususiyatlarining belgilangan guruhi.
Modellashtirish – bilish obyektlarini ularning modellari yordamida
tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va
o’rganish.
Modem – bu modulyasiya va demodulyasiya so’zlaridan olingan
bo’lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyasiya) va raqamli
186
ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyasiya) signalga almashtirib beruvchi
maxsus elektron qurilma.