187
Parol bilan arxivlash –
begona foydalanuvchilar ochmasliklari
uchun faylga parol qo’yib arxivlash.
Plastik karta
– shaxsiy to’lov vositasi bo’lib,
u mazkur vositadan
foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini to’lash,
bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga
imkon beradi.
Revizor dasturlar –
dastlab dastur
va diskning tizimli sohasi
haqidagi ma’lumotlarni xotiraga olib, so’ngra
ularni dastlabkisi bilan
solishtiradigan va mos kelmagan hollarda foydalanuvchiga ma’lum
qiladigan virusga qarshi dasturlar.
Rezident virus —
operativ xotirada saqlanadigan virus.
Sahifa (sayt)
– grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan
gipermedia hujjatlari ko’rinishidagi mantiqan butun axborot.
Server –
tarmoq ishini ta’minlovchi va so’rovga
ishlov beruvchi
maxsus qurilma yoki kompyuter.
Servis dasturiy ta’minoti
–
bu foydalanuvchiga kompyuter bilan
ishlashda qo’shimcha hizmatlar taqdim etuvchi
va operasion tizimlar
imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar turkumidan iborat bo’lib,
qobiqlar, utilitalar, antivirus dasturlari kabi guruhlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: