Xaker – kompyuter tizimlarining mavjud barcha imkoniyatlarini
aniqlashga qodir bo’lgan yuqori malakali dasturlovchi.
Xost–kompyuter – kompyuter tarmog’idagi fayllarga va kompyuter
zaxiralariga kirish funksiyalarini bajaruvchi kompyuter.
Xotira qurilmasi – EHMning bir qismi yoki avtomatik rostlash va
boshqarish tizimlarida, telemexanikada, dastur bilan boshqariluvchi agre-
gatlarda asosan kod shaklida berilgan axborotni yozish, saqlash va eshit-
tirish uchun qo’llaniladigan mustaqil qurilma.
Shaxsiy kompyuter – bu hammaboplik va qo’llashda universallik
talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro-EHMdir.
Shifr – elementlari va kodlash tartibi cheklangan shaxslargagina
ma’lum bo’lgan kod.
Shifrlangan ma’lumot – kriptografik himoya usuli qo’llanilgan
ma’lumot.
Shifrlash – ma’lumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib,
shifrlangan matnni yaratish jarayoni.
Shlyuz – bayonnomani bir turdagi muhitdan ikkinchi turdagi
muhitga o’tkazuvchi tarmoq qurilmasi.
Elektron aloqa – axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchilarga
xatlarni yetkazishni ta’minlashning muhim tarmoqli ko’rinishi.
Elektron offis – muammo soha vazifalarini kompleks amalga
oshirishni ta’minlovchi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot
texnologiyalarini o’zi ishlab chiqara oluvchi amaliy dasturlarning inte-
grasiyalangan loyihalari mavjudligini ko’zda tutadi.
Elektron pochta (E-mail) – kompyuterlardan tarmoqda foyda-
lanishga asoslangan bo’lib, foydalanuvchiga tarmoq bo’ylab o’zining
sheriklariga xabar yuborish, olish va saqlash imkoniyatini beradi.