190
Hisoblash tizimi –
hisoblash texnikasi majmui bo’lib, unga kamida
ikkita asosiy prosessor yoki hisoblash mashinasi
va tashqi qurilmalar
(ma’lumotlarni kiritish-chiqarish, tashqi xotira qurilmalari, ichki va tashqi
aloqa qurilmalari va boshqalar)ning rivojlangan sistemasi kiradi.
Hisoblash mantiqiy tizimlari –
boshlang’ich ma’lumotlar
asosida
boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish
masalalarini hal qilish imkonini beradigan tizimlar.
Hujjat –
bu ma’lum bir qoidaga ko’ra rasmiylashtirilgan, bel-
gilangan tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki elektron shaklida aks et-
tirilgan axborot yoki mustaqil ahamiyatga
ega axborotlarning tarkibiy
birligi.
Hujjat aylanishi –
hujjatlarni
yaratish, izohlash, uzatish,
qabul qi-
lish va arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini
nazorat qilish hamda
ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Hujjatlashtirilgan axborot –
identifikasiya qilish imkonini beruvchi
rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.