Moddiy zaxiralar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat resurslari yig’indisidir, masalan,
xom-ashyo materiallar, yoqilg’i energiya, yarim tayyor mahsulotlar, de-
tallar va hokazolar.
Monitor (lot. eslatuvchi, tasvirlovchi) – axborotni kineskop ekra-
nida sifatli aks ettirish uchun qo’llaniladigan qurilma.
Multimedia (multimedia-ko’pvositalilik) – kompyuterning
axborotlarni rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar,
ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, animasiya, shuningdek
to’laqonli videokliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan
ishlash imkoniyati.
Multimedia vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush,
video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib,
kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy
vositalar majmuidir.
Multimedia-texnologiya – kompyuter bilan matnli, grafik, audio va
video axborot almashinuvini dasturiy-texnik tashkil etish.
Obyekt – o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olin-
gan predmet.
Obyekt nusxasi – obyektlar to’plamidan olingan muayyan obyekt.
Obyektlar to’plami – obyektlar guruhi.
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun
mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual
hamda boshqa xabarlar va materiallar.
Operatsion tizim – kompyuter qurilmalarining boshqariladigan
kompyuter dasturlari majmui; bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy
dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan
o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuv-chining
kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig’indisidir.