Bayt –
xotiraning eng kichik birligi bo’lib, sakkizta informasion
ikkili raqamlardan (8 bitdan) iborat.
Belgili ma’lumot – alifbo raqamli belgilar majmuidan iborat
ma’lumot turi.
Bit (ing. bit – binary digit – ikkili raqam) – axborot miqdori birligi
bo’lib, «0» va «1» dan iborat.
Blok-sxema – algoritmni tasvirlashning grafik usuli.
But virus — disklarning yuklovchi sektorini ishdan chiqaruvchi
virus.
Videokonferensiya – biror firma yoki tashkilotning hududiy jihat-
dan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’limlari o’rtasida kommunikasi-
yani saqlab turuvchi ikki tomonlama videoaloqa.
Virtual kanal – qayd etilgan yo’nalish bo’lib, u ushbu aloqa
seansida barcha uyalarni bir foydalanuvchidan ikkinchisiga o’tkazadigan
kommutatorlar portlari nomerlarining ketma-ketligidan iborat.
Virtual ulanish – axborotni uzatish uchun ikki yoki undan ortiq
oxirgi qurilmalar o’rtasida muayyan tarzda tuzilgan muhit.
Gipermatn – boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatuvchi matn.
Gipermedia – matndan tashqari multimedia imkoniyatlarini ham
o’zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarga yo’l ko’rsatuvchi hujjatlar.
Global tarmoq– dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni
o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq, bunda yo’ldosh orqali
aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Dastur – qandaydir ijrochi, odatda avtomatik qurilma, ko’pincha
EHM bajarishi lozim bo’lgan amallar (harakatlar) rejasi.
Dasturiy ta’minoti – avtomatlashtirilgan axborot tizimining elemen-
ti bo’lib, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash
tizimini yaratish va undan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli
vositalarni jamlash.