Matematika o
‗
qitish metodikasida qo
‗
llaniladigan tadqiqot metodlari.
1. Ilmiy-tadqiqot va kuzatish metodlari haqida ma‟lumot.
Pedagogik
tarbiyalashga oid ish tajribalarni o‗rganmay va umumlashtirmay, pedagogik
jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi.
Hozirgi ta‘lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan
qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham
xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‗lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o‗rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni
olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o‗rganish,
42
suhbat va so‗rovnomalar o‗tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga
kiradi. So‗nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Boshlang‗ich matematika o‗qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda
qo‗llaniladigan metodlarning o‗zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd
qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‗naltirilgan holda idrok
qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‗quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi
ishning qanday borayotganini o‗rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o‗qituvchi
va o‗quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik
material to‗plash imkonini beradi.
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‗quv jarayonining odatdagi borishiga
aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‗zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin
vaqt oralig‗ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo‗layotgan
voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo‗lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq
olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‗quvchilarning
bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik hajmdagi hodisalar
(masalan, matematika darslarida o‗quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Qaror yozish yoki kundalik yuritish kuzatishni qayd qilishning eng sodda
metodidir. Ammo kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik
vositalar, video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir.
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg‗or pedagogik tajribani
o‗rganish
va
umumlashtirishdan
iborat.
Bu
metoddan
muvaffaqiyatli
foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o‗qituvchilar tajribasining
tavsifi qo‗yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo‗lishi kerak (bizning
mamlakatimizda ilg‗or pedagogik tajribani o‗rganishga doir katta ish olib
borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy-amaliy konferensiyalarning va
pedagogika o‗qishlarining materiallari to‗plamlarida, monografiyalarda va jurnal
maqolalarida axborot texnologiyalarini qo‗llash jarayonida o‗z aksini topmoqda).
2. Tajriba va maktab hujjatlarini o
‗
rganish.
Tajriba - bu ham kuzatish bo‗lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‗zgartirib turiladigan
sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‗qitishning va tarbiyalashning u yoki bu
usulining, ko‗rsatma – qo‗llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda
qo‗llaniladi.
Tajriba o‗tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo‗lgan
masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab
amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo‗lishi kerak. Tajriba
o‗tkazishdan oldin tadqiqotchi o‗rganish predmeti bo‗lmish masalaning nazariyasi
va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib
43
chiqadi. Тadqiqotda ilmiy farazni o‗rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani
tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo‗naltiriladi. U material to‗plash yo‗larini
belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga
yo‗l qo‗ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o‗tkaziladi. Buning
uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o‗quvchilar
tarkibi bo‗yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko‗rsatkichlar bo‗yicha imkoni
boricha bir xilda bo‗lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus
ishlab chiqilgan tajriba materiali bo‗yicha ish bajariladi. Тaqqoslash uchun
nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o‗quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari
bo‗yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo‗lishi kerak, bu sinflarda
matematika tajriba sinflarda qo‗llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar
qo‗llanilmaydi.
Tajriba natijalari haqida obyektiv ma‘lumotlar olishning boshqa usullaridan
ham foydalaniladi:
1. Tajriba-sinov o‗tkaziladigan sinflarda boshlang‗ich shartlar nazorat
sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday
sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo‗lsa, masalani tajriba hal qilishi o‗zini
oqlagan hisoblanadi;
2. O‗quvchilarning tarkibi taxminan bir xil bo‗lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq
qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qo‗llaniladi,
so‗ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo‗llaniladi; agar bunday
qo‗llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul, metod o‗zini oqlagan
bo‗ladi.
Tajribani boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf
o‗quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida
tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. samaradorligi haqida xulosalar
chiqariladi. Tajriba-sinov o‗tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy
natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. Miqdoriy kattaliklarni
aniqlashning turli xil usullari (o‗zlashtirilishi bo‗yicha, to‗g‗ri va noto‗g‗ri
javoblarni taqqosdash va h.k.) mavjud. Keyingi vaqtlarda shu maqsadda variasion
statistika metodlaridan har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan
foydalanilmoqda. Ba‘zi muhim qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy tajriba
yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o‗quvchilar
ishlari va hujjatlarini o‗rganishdan iborat. O‗quvchilarning ishlari ularni
dasturning ayrim bo‗limlari bo‗yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash,
o‗qitishning ma‘lum davri davomida o‗sishi va rivojlanishlarini kuzatish
imkonini beradi. Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda
o‗tkaziladiki, bularni tekshirish natijasida bolalarning matematikadan olgan
bilimlarini va malakalari aniq ko‗rinishi kerak; ma‘lum vaqt oralig‗ida bunday
44
maxsus ishlarni bajartirib turish, o‗quvchilar olg‗a siljiyotganini va qanday
darajada siljiyotganini ko‗rsatadi. O‗quvchilarning yozma ishlarida yo‗l qo‗ygan
xatolarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinf
o‗quvchilarining duch keladigan murakkab qiyinchiliklarini, shuningdek,
o‗quvchilarning matematikani o‗zlashtirishlaridagi induvidual xususiyatlarini
aniqlash imkonini beradi.
O‗quv hujjatlari (O‗quv rejasi, dasturi, metodik ishlar hujjatlari, hisobotlar va
h.k.) o‗quv tarbiyaviy ishlarni rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
O‗quvchilarning daftarlarini o‗rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga
ega. Uzoq vaqt davomida o‗quvchilar jamoasini qarab chiqish va tahlil qilish
o‗qituvchi ishi tizimini, o‗quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: |