64
Matematik olimpiadalar.
Olimpiadalar
tanlovlarga qaraganda keng
masshtabda o‗tkaziladigan va matematika o‗rganishda o‗quvchilar erishgan
muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‗liq holda maktab ichida, tuman va
shaharlarda o‗tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‗tkazib, g‗oliblar
maktabning devoriy gazetalarida va o‗quvchilar yig‗ilishlarida rag‗batlantiriladi.
Matematik matbuot va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‗z ichga olgan
topishmoq, misol va topshiriqlar
rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‗ladi.
Viktorinada esa o‗quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi.
Javoblar belgilangan vaqtda o‗quvchilarga yetkaziladi.
Matematik tanlovlar va viktorinalar. Tanlov mavzusi va uni o‗tkazish vaqti
oldindan belgilanadi.
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka
oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‗lgan masalalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik
shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar–gazetalardan farqli ravishda faqat o‗quvchilarga
yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‗ladi.
Javoblar yozma
ravishda ma‘lum vaqt ichida o‗qituvchi tomonidan g‗olib o‗quvchi aniqlanib e‘lon
qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb
ataluvchi joyga osib qo‗yiladi, bu burchakda Vatanimiz
yutuqlarini ifodalovchi
sonli ma‘lumotlar ham berib boriladi. ―Bilasizmi?‖ ruknida qiziqarli materiallar
beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‗yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‗zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika
burchagini tashkil qilishni o‗quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida
amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: