Materialshunoslik


Protektor himoya va elektr himoya



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Jo\'rayev

3. Protektor himoya va elektr himoya.
Protektor himoya 
elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) 
bo‘ladigan konstruksiya (yerosti quvuri, kema korpusi) muhofaza 
qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday himoyaning mohiyati 
shundan iboratki, konstruksiya protektor—muhofaza qilinadigan 
konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Po‘lat 
buyumlarini muhofaza qilishda protektor sifatida, odatda, magniy, 
aluminiy, 
rux 
va 
ularning qotishmalaridan 
foydalaniladi. 
Korroziyalanish jarayonida protektor anod bo‘lib xizmat qiladi va 
yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab qoladi. 
Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi.
Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit 
muhitida turgan konstruksiya bunda ham boshqa metallga (odatda, 
temir bo‘lagi, rels va sh. o‘.) tashqi tok manbayi orqali ulanadi. Bunda 
himoyalanadigan konstruksiya katodga, metall—tok manbayining 
anodiga ulanadi. Тok manbayi anoddan elektronlarni oladi, anod 
(muhofaza qiluvchi metall) yemiriladi, katodda esa oksidlovchining 
qaytarilishi sodir bo‘ladi. 
Elektr himoyaning protektor himoyadan afzalligi bor: uning 
ta’sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m 
atrofida bo‘ladi. 
4. Muhit tarkibini o‘zgartirish
. Metall 
buyumlarning 
korroziya- lanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga, korroziyani 
sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan (ko‘pincha 
organik) moddalar qo‘shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan 
saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda 


69 
uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda, atmosfera ingibitorlari) 
ishlab chiqila boshlandi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall 
buyumlar shu qog‘oz bilan o‘raladi. Ingibitorlarning bug‘i metall 
sirtiga adsorbilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.
Ingibitorlar 
bug‘ 
qozonlarini 
quyqadan 
kimyoviy 
tozalashda, ishlov berilgan buyumlar sirtidan kuyindini yo‘qotishda, 
shuningdek, xlorid kislotani po‘lat idishda saqlash va tashishda ko‘p 
ishlatiladi. Anorganik ingibitorlar qatoriga nitritlar, xromatlar, 
fosfatlar, silikatlar kiradi 
Metalllar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda 
yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metal sirtining 
tashqi muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’siri natejasida o’z – 
o’zidan yemirilishi korroziya deyiladi .(lot. Corrodere-o’z- 
o’zidan yemirilish ) Korrozion metall sirtida sodir buladigan
reaksiyalar mexanizmga ko’ra kimyoviy va elektrakimyoviy
korroziyaga bo’linadi .

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin