64
8-MAVZU: METALL KORROZIYASI VA UNGA
QARSHI KURASH
Tayanch so’zlar: metal, korroziya, yemirish, oksidlanib
yemirilish,
elektrokimyoviy,
materialshunoslik,
fan
texnika
taraqqiyoti, metal bardoshliligi, kimyoviy karroziya, elektrokimyoviy
karroziya, dvigatel, detall, soplo qism.
8.1. Metallar korroziyasi va korroziyadan himoya qilish
8.1-rasm. Metall karroziyasi.
Hammaga ma’lumki, temir buyumlar havo va nam
ta’sirida zanglaydi. Buning
natijasida metall qurilmalar, mashina
qismlari asta-sekin yemiriladi va har xil asbob uskunalar yaroqsiz
bo‘lib qoladi. Bu har yili xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi.
Metallarning yemirilish jarayoni korroziya (lotincha corrodere
— yemirilish)
deb
ataladi. Korroziya—metallar
va
ular
qotishmalarining tashqi muhit ta’siridan kimyoviy va elektrokimyoviy
yemirilishidir. Yemirilishning sodir bo‘lish mexanizmiga ko‘ra,
korroziyaning ikki xil—kimyoviy va elektrokimyoviy turlari bo‘ladi.
Metallning
tevarak-atrofdagi
muhitda
oksidlanib
yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo‘lmasa, bunday yemirilish
kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu
holda metall muhitning
tarkibiy qismlari—gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi.
8.2. Korroziya turlari
Kimyoviy
korroziyalanishning
gaz
muhitida
korroziya-
lanishi deyiladigan turi, ya’ni metallarning havo kislorodi bilan
birikishi katta zarar keltiradi. Тemperatura ko‘tarilganda ko‘pchilik
metallarning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Masalan, temirda
250—300 °C dayoq oksidlarning ko‘rinadigan pardasi hosil bo‘ladi.
65
600 °C va undan yuqorida metallarning
sirti temirning turli xil
oksidlari: FeO, Fe
3
O
4
; Fe
2
O
3
dan iborat kuyindi qatlami bilan
qoplanadi. Kuyindi temirni keyingi oksidlanishdan muhofaza qila
olmaydi, chunki unda darz ketgan joylar va g‘ovaklar bo‘lib, ular
metallga kislorodning o‘tishiga qarshilik qilmaydi.
Shuning uchun
temir 800 °C dan yuqorida qizdirilganda uning oksidlanish tezligi juda
ortib ketadi. Noelektrolitlardagi kimyoviy korroziyalanishga ichki
yonuv dvigatellari silindrlarining yemirilishi misol bo‘la oladi.
Yonilg‘ida qo‘shimchalar — oltingugurt va uning birikmalari bo‘ladi,
ular yonganida oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarga—korrozion
aktiv moddalarga aylanadi. Ular reaktiv dvigatellarning detallarini —
soplo va boshqalarni yemiradi. Elektrokimyoviy korroziya eng katta
zarar keltiradi. Metallning elektrolit muhitida
yemirilishida sistema
ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy
korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar
berish)
bilan birga, elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan
boshqa qismga o‘tishi) ham sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: