Materialshunoslik



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Jo\'rayev

Nazorat savollari: 
1. Termik ishlоv berish turlаri
2. Cho’yanlаrgа termik ishlоv berish.
3. Termik ishlоv berishdа sоdir bo’lаdigаn o’zgаrishlаr. 
4. Metallarga termik ishlov berish
 
 
 


64 
8-MAVZU: METALL KORROZIYASI VA UNGA 
QARSHI KURASH 
 
Tayanch so’zlar: metal, korroziya, yemirish, oksidlanib 
yemirilish, 
elektrokimyoviy, 
materialshunoslik, 
fan 
texnika 
taraqqiyoti, metal bardoshliligi, kimyoviy karroziya, elektrokimyoviy 
karroziya, dvigatel, detall, soplo qism. 
8.1. Metallar korroziyasi va korroziyadan himoya qilish 
8.1-rasm. Metall karroziyasi. 
Hammaga ma’lumki, temir buyumlar havo va nam 
ta’sirida zanglaydi. Buning natijasida metall qurilmalar, mashina 
qismlari asta-sekin yemiriladi va har xil asbob uskunalar yaroqsiz 
bo‘lib qoladi. Bu har yili xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. 
Metallarning yemirilish jarayoni korroziya (lotincha corrodere 
— yemirilish) 
deb 
ataladi. Korroziya—metallar 
va 
ular 
qotishmalarining tashqi muhit ta’siridan kimyoviy va elektrokimyoviy 
yemirilishidir. Yemirilishning sodir bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, 
korroziyaning ikki xil—kimyoviy va elektrokimyoviy turlari bo‘ladi. 
Metallning 
tevarak-atrofdagi 
muhitda 
oksidlanib 
yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo‘lmasa, bunday yemirilish 
kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning 
tarkibiy qismlari—gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi.
8.2. Korroziya turlari 
Kimyoviy 
korroziyalanishning 
gaz 
muhitida 
korroziya-
lanishi deyiladigan turi, ya’ni metallarning havo kislorodi bilan 
birikishi katta zarar keltiradi. Тemperatura ko‘tarilganda ko‘pchilik 
metallarning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Masalan, temirda 
250—300 °C dayoq oksidlarning ko‘rinadigan pardasi hosil bo‘ladi. 


65 
600 °C va undan yuqorida metallarning sirti temirning turli xil 
oksidlari: FeO, Fe
3
O
4
; Fe
2
O
3
dan iborat kuyindi qatlami bilan 
qoplanadi. Kuyindi temirni keyingi oksidlanishdan muhofaza qila 
olmaydi, chunki unda darz ketgan joylar va g‘ovaklar bo‘lib, ular 
metallga kislorodning o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Shuning uchun 
temir 800 °C dan yuqorida qizdirilganda uning oksidlanish tezligi juda 
ortib ketadi. Noelektrolitlardagi kimyoviy korroziyalanishga ichki 
yonuv dvigatellari silindrlarining yemirilishi misol bo‘la oladi. 
Yonilg‘ida qo‘shimchalar — oltingugurt va uning birikmalari bo‘ladi, 
ular yonganida oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarga—korrozion 
aktiv moddalarga aylanadi. Ular reaktiv dvigatellarning detallarini — 
soplo va boshqalarni yemiradi. Elektrokimyoviy korroziya eng katta 
zarar keltiradi. Metallning elektrolit muhitida yemirilishida sistema 
ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy 
korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar 
berish) bilan birga, elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan 
boshqa qismga o‘tishi) ham sodir bo‘ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin