71
Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni
ishlatilish sharoitida sodir bo’lishiga ko’ra har xil turlar va
ko’rinishlarga ega bo’ladi. Bulardan keng tarqalgani korrozion
charchash, korrozion darz ketishi ishqalanishda sodir bo’ladigan
korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muhit va siklik
kuchlanishlar ta’sirida metal va qotishmalarning yemirilish jarayoni
natijasida yuzaga keladi. Korrozion charchashda darz hosil bo’lishning
asosiy turlari quyidagilar .
- korrozion muhitning faolligi .
- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi;
- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni ;
- qotishmaning mustahkamligi va korroziyabardoshligi ;
Korrozion charchashning oldini olish uchun optimal tarkibli
legirlovchi elementlar bilan legirlangan pulatlar ishlatiladi .
Korrozion darz ketish juda agressif muhitda statik chuzuvchi
kuchlanishlar ta’siri natejasida paydo bo’ladi . Korrozion darz
ketishning quydagi sabablarini keltirish mumkin.–boyitilgan
qattiq eritmali fazalarning ajralib chiqgan salbiy potensialli donalar
chegarasining korroziya bordoshliligi kamligi.
Dostları ilə paylaş: