134
Sharli tegirmon po‘lat barabandan iborat bo‘lib, unga
maydalovchi sharlar va maydalanadigan material solinadi. Sharli
tegirmonda olingan kukun zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli
noto‘g‘ri ko’pyoqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda
maydalash sharli tegirmonlarga nisbatan tezroq kechadi. Uyurma
tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, qarama-qarshi
tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi xavo oqimlari hosil qiladi.
Kameraga solingan material (sim bulagi, qirindi, qirqimlar va boshqa
mayda bo’lakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro
bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli zarralarga
maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari
arrasimon bo‘ladi.
Mo’rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish
uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng
unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat shar va silindrlarning tegirmon
barabanining katta chastotami aylanma tebranma harakati tufayli
maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta’sir qilishiga
asoslangan.
Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis, shuningdek temir va po‘lat
kukunlarini olish uchun havo, suv, bur yoki inert gazlar kinetik
energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish usulidan ham foydalaniladi.
Olingan kukun zarralari 50—350 mkm o‘lchamli bo‘lib, sferik
ko‘rinishga yaqin.
Dostları ilə paylaş: