137
shlangga utadi. SHlang press-qolip 3
ustida tugaydi, u press stoli 4
buylab surilishi mumkin. Pastki surib chikaruvchi puanson 5 vaziyati
tukiladigan kukun miqdorini belgilaydi, ya’ni ushbu holda press-
qolipni dozalash va uni tuldirish bir vaqtda bajariladi. Pres-qolip
tulgach, shlang chetga suriladi va yuqori ish puansoni bilan kukunni
kisish imkoniyati tug‘iladi. Zagotovka pastki puanson bilan surib
chiqariladi, dolipni yana tuldirish uchun shlang suriladi, zagotovka bir
yula stoldan maxsus novga surib tushiradi. Bunday presslar ba’zan bir
necha press-qolip urnatilgan aylanuvchi stollar bilan jixozlanadi.
Avtomatik presslarning ish unumi bir soatda bir necha ming
zagotovka chiqaradigan darajada bo‘lishi mumkin.
I s s i q l a y i n
p r e s s l a s h d a
press-qolipda
buyum
shakllantirilibgina qolmay, pishiriladi ham,
bu esa fizik-ximiyaviy
xossalari yuqori bo‘lgan g‘ovaksiz material olish imkonini beradi.
Issiqlayna peresslashni vakuumda, himoya qilish yoki qaytarish
atmosferasida, keng temperatura oralig‘ida (1200—1800°S),
sovuqlayin presslashga nisbatan ancha past bosimda bajarish mumkin.
Odatda, kukunlar kerakli temperaturagacha qizdirilgach bosim ostida
sikiladi. Bu usullardan kiyin deformatsiyalanadigan metallar (boridlar,
karbidlar va boshqalar) dan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi.
M e t a l l k u k u n l a r i n i p r o k a t l a s h sovuqlayin
yoki
issiklayin deformatsiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa
ko‘rinishidagi buyumlar olishning o‘zluksiz protsessidir. Prokatlash
vertikal, qiya va gorizontal yunalishlarda bajariladi. Vertikal holatda
prokatlash buyumni shakllantirish
uchun eng yaxshi sharoit
xisoblanadi. Avvaliga kukun bunkerdan aylanma sikuvchi valiklar
orasidagi zazorga tushadi, zagotovka xoliga keltirish uchun qisiladi,
sungra pishirish uchun pechga yunaltiriladi, keyinchalik toza
valiklarda prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta
kichrayadi. Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga
nisbati 100:1 dan 300:1 gacha bo‘lishi kerak. Kukunlarni prokatlash
tezligi quymametallarni prokatlash tezligiga
nisbatan ancha kichik
bo‘lib, kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. Shuning uchun
aylanuvchi valiklar sirtining chiziqli tezligi metall kukunning
bunkerdan chiqib, valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik
bo’lishi kerak. Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar,
qalinligi 0,025—3 mm, eni 300 mm gacha bo‘lgan tasmalar,
diametri 0,25 mm va undan katta bo‘lgan simlar va xakazolar olish
138
mumkin. Protsessning o‘zluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda
yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Detal va buyumlarga kerakli mustahkamlik va qattiqlik berish
uchun ular pishiriladi. Pishirish
operatsiyasi buyumni asosiy
komponent suyuklanadigan temperaturaning 0,6—0,8 qismiga qadar
qizdirish va shu temperaturada ma’lum vakt ushlab turishdan iborat.
Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita
pishiriladigan buyum orqali tok utkazish yuli bilan amalga oshiriladi.
Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli
muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muxitida bajariladi. Tob
tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi.
Buyumlarga o‘zil-kesil shakl va aniq o‘lchamlar berish uchun
ular pardozl a s h o p e r a t s i y a l a r idan o‘tkaziladi; kalibrlanadi,
kesib ishlov beriladi, ximiyaviy termik ishlanadi,
elektrofizik usullar
bilan kerakli o‘lchamiga etkaziladi, qayta presslanadi.
Kalibrlash presslangan buyumni press-qolipdagi mos qirqimli
teshikdan sikib o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning
ulchamlari aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi
Presslangan zagotovkalardan murakkab shaklli detallar (cho‘zish
uchun volokalar, qattiq qotishmali qistirmalar, shtamplarning
matritsalari va xokazolar) olish; ichki
va taiщi rezьbalar qirqish;
diametri kichik, lekin chuqur teshiklar olish uchun ularga kesib
ishlanadi.
Ximiyaviy termik ishlash (azotlash, xromlash,ssianlash va
xokazo) metallardagi kabi bajariladi. G‘ovaklikning mavjudligi,
demak, yoyilgan sirtning mavjudligi ximiyaviy termik ishlash
protsessini aktiv amalga oshirish imkonini beradi.
Elektr uchunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab
shaklli detallar olish uchun qo‘llaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash
mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan
foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan zagotovka anod,
asbob, katod vazifasini utaydi. Elektr
impulьsli usulda ishlashda
elektrodlarni ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok
utkazuvchi elektrodlar orqali impulьsli elektr toki utkazilganda
ularning eroziyalanishiga (emirilishiga) bog‘liq. Hosil bo‘lgan razryad
tufayli ishlov beriladigan zagotovka-elektrod sirtida juda qisqa vaqt
oralig‘ida temperatura 10000-12000°S gacha ko‘tariladi, shu onda
139
metall suyuqlanadi va burlanadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall
dielektrik suyuqlik muxitida zarralar ko‘rinishida qotadi.
Qayta presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda
foydalaniladi. Qayta presslash natijasida zagotovkaning kerakli
o‘lchamlari va shakli ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda
zagotovkaning shakli oddiy, o‘lchamlari taxminiy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: