“pedagogs” international research journal issn



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix13.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#143108
  1   2   3   4   5   6   7
125-129



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-2, December - 2022
 
125
INGLIZ TILIDA QOBILIYATNI VA IMKONIYATNI IFODALOVCHI
MODAL FE’LLAR VA ULARNING IFODA VOSITALARI 


Raximova Ma’mura Baxtiyorovna 
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 
1I kurs magistranti
Ilmiy rahbar: 
 PhD Jalolova Shahnoza 
Muhamedjanovna
 
 Annotatsiya:
Ushbu maqolada muallif tomonidan chuqur tadqiqot olib borilgan 
holda, ingliz tilidagi qobiliyat va imkoniyatni ifodalovchi modal fe’llar hamda ularning 
ifoda vositalari , o’ziga xos xususiyatlari haqida tahlil qilinadi.
 Kalit so’zlar: 
Morfologik usul, semi modals, perfekt infinitiv, leksik - 
grammatik usul, ekvivalentlik, sinonimlik. 
Ingliz tilida Modal fe’llar keng qamrovli tushuncha bo’lib, olimlar tomonidan hali 
hamon izlanishlar olib borilmoqda. Shunga qaramay bu sohada muhokama qilinishi 
asos bo’la oladigan jihatlar talaygina. Ushbu maqola orqali esa ingliz tilidagi qobiliyat 
va imkoniyatni ifodalovchi modal fe’llar hamda ularning ifoda vositalari , o’ziga xos 
xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Ingliz tilidagi modal fe'llar ko'pincha modallikni ifodalashda ishlatilgan 
yordamchi fe'llarning kichik bir guruhidir. Ular boshqa fe'llardan o'zlarining 
nuqsonsizligi bilan ajratiladi (ular sifatdosh va infinitiv shakllariga ega emas) va 
ma'lumki ular oxirida III - shaxs birlikda - (e) s qo'shimchasini olmaydi. Asosiy ingliz 
modal fe'llari can, could, may, might, will, would, shall va should lardir. Aniqki boshqa 
fe'llar ba'zan, har doim emas, modallar kabi turkumlanadi; ular quyidagilar: ought, had 
better, dare va need. Fe'llar barcha asosiy modal fe'llarining hususiyatini aks ettirmaydi 
va ular ba'zan "semi modals" deb ataladi. Modal fe'llardan keyin kelgan mustaqil fe'l 
infinitiv formasida to yuklamasisiz ishlatiladi. Lekin ba'zi bir modal fe'llar bundan 
mustasno holatlari mavjud misol uchun ought. Modal fe'llarning ayrimlari ikkita 
zamon formasida: can -could, may -might, shall - should, will - would boshqalari esa 
faqat bitta o'zgarmas shaklda keladi: must, ought, need kabilarni sanab o'tishimiz 
mumkin. Can(could) modal fe'li Simple Infinitive bilan kelib, ish - harakatni bajarish 
imkoniyatini, mumkinligini, qobiliyatini ifodalaydi, hozirgi va kelasi zamon uchun 
ishlatiladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin