TA’LIM JARAYONIDA INNOVASION PYEDAGOGIK KLASTYER
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Xaytboy Eraliyevich Sultanov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqola
jamiyatimiz rivojlanishida ro‘y berayotgan ijobiy
o‘zgarishlarning hozirgi bosqichida talabalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish
yo‘llari va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalarini
amaliyotga qo‘llash orqali ta’lim, ilm-fan va taraqqiyotda davlatning kelajagini
belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan kadrlar tayyorlashning
dolzarb masalalariga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, uzluksiz ta’lim, klaster tizimi, innovatsiya, bilim,
ko‘nikma, malaka.
POSSIBILITIES OF USING INNOVATIVE PEDAGOGICAL CLUSTER
TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Haytboy Eraliyevich Sultanov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Abstract:
The article seeks ways and means to improve the quality of education
of students at the current stage of positive changes in the development of our society.
focuses on current issues of personnel training that will determine its future and serve
its development.
Keywords:
pedagogy, continuing education, cluster system, innovation,
knowledge, skills, qualifications.
Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalardagi
taraqqiyotni ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning
integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga yo‘l
ochadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 10-11 mart va
2018 yil 16-17 fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga
oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘idagi “Paxta
va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish g‘oyasini olg‘a surdi. Unda
O’zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari
ko‘rsatib berilgan.
Darhaqiqat, so‘nggi vaqtda innovatsion klaster tizimi barcha sohalarga shiddat
bilan kirib bormoqda. Jumladan, ta’lim tizimida ham klaster mavjud. Bu esa shaxsni
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
428
kamol topishi va yetuk kadr bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning bog‘liqligi –
maktabgacha, umumiy o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv
yurti, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr
davomidagi ta’lim zanjirini bir-biriga bog‘langanidir.
Xaqiqatdan ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bu zanjir o‘zini to‘la
namoyon etadi. Lekin mustaqillik davrining boshlari, o‘tish davrlari va undan keyingi
davrlarda respublikamizda ta’lim sohalarida juda murakkab jarayonlar bosib o‘tildi.
Bular bir qaraganda stabil holatda ketgandek ko‘rinsada, hozirga kelib ishlab
chiqarishda mahalliy texnika va texnologiyalar zamon talablaridan ortda ekanligi,
kasb-hunar kollejlari hamda OTMlarning bitiruvchilarini bilim va ko‘nikma darajalari
zamon talablaridan pastda ekanligi yaqqol sezilib qoldi. Demak, bu yerda ta’lim zanjiri
ketma-ketligida uzilish bo‘lmasa ham, zanjirning alohidagi bo‘g‘inlari ichida katta
uzilishlar ro‘y bergan. Bular ta’lim oluvchiga nisbatan talabning susayganligi, ta’lim
oluvchining oliy ma’lumotga extiyoj sezmagani, raqobat zaruriyati bo‘lmagani, sifatli
ta’lim shaklini buzilishi (o‘qituvchilar qo‘nimsizligi), o‘quv yurtlarining moddiy –
texnika bazasini yetishmovchiligi va boshqalar bo‘ldi.
Shuning uchun ham yurtboshimiz hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizni “Klaster
usuli”da rivojlantirish bo‘yicha qo‘ygan maqsad va rejasiga asoslangan holda OTM va
boshqa o‘quv yurtlarida “Raqobatbardosh kadr tayyorlash klasteri”larini tashkil etish
hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Jamiyatimiz rivojlanishining chuqur ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y
berayotgan hozirgi bosqichida talabalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish yo‘llari
va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Chunki, ta’lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini
belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. O’zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar bevosita uning
demokratik, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni bilan birgalikda amalga
oshirilmoqda.
Bugungi kun yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida
tarbiyalash, ta’lim sohasini isloh qilish, tizimni tubdan takomillashtirish, xususan,
tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etish g‘oyasi kun tartibidagi
dolzarb va ustivor vazifalaridan biri sifatida davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanib
kelinmoqda. Shuning uchun ham Respublikamizda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasida aholining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish,
xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil
qaror qabul qila oladigan ma’nan yetuk va jismonan barkamol yosh kadrlar tayyorlash,
ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs
sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish oliy ta’lim tizimini
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
429
rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustivor yo‘nalishlaridan biri deb belgilab
qo‘yilgan.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashning optimal yo‘llarini aniqlash,
ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz
yuksaltirish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm fan va ishlab
chiqarish integratsiyasini kengaytirishga bo‘lgan e’tiborlarini har qadamda his qilib
turibmiz. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Milliy
universitetida ilm-fan namoyondalari bilan uchrashib, oliy ta’lim sohasini yanada
rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini
kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan pedagogik ta’limning
yangi modelini joriy etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalari oliy ta’limda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar uchun muhim turtki bo‘ldi desak adashmaymiz.
Shundan kelib chiqib, milliy an’analar, urf odatlar, turmush tarzi kabi o‘ziga xos
shart-sharoitlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tizimining butunlay yangi
o‘ziga xos modelini ishlab chiqish vazifasi Respublikamizdagi eng dozarb
masalalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Umumjahon mehnat bozoridagi
yuzaga kelgan yangi bozor talablari respublikamiz ta’lim tizimini rivojlantirishning
ham asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarida umumiy jihatlar va tabiiy qonuniyatlar
mavjud bo‘lib, bu borada o‘ziga xos yangi yo‘llarni qidirishdan ko‘ra, ba’zan
rivojlangan mamlakatlardagi tayyor andozalarni olish, ulardan ijodiy foydalanish
yaxshiroq natijani beradi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda iqtisodiyot
tarmoqlarida xalqaro tajribada sinalgan va mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etuvchi innovatsion tajribalarni
qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday innovatsiyalardan biri “klaster
modeli” bo‘lib, bugungi kunda u agrar, to‘qimachilik, yengil sanoat va farmatsevtika
sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Qisqa muddat ichida klaster modeli iqtisodiyotda
istiqbolli innovatsion yo‘nalish sifatida e’tirof etilib, uni boshqa sohalarda qo‘llash
tajribalari amalga oshirilmoqda.
Ta’lim bir-birini to‘ldiruvchi ko‘plab mustaqil va o‘zaro bog‘liq qismlardan
iborat murakkab tizim hisoblanadi. Qarama-qarshi ta’sir natijasida har qanday tizim
samarali ishlaydi. Haqiqatdan ham harakatsiz borliq yo‘q, ichki va tashqi qarama-
qarshiliklar natijasida u har doim harakatga, o‘zgarishga mahkum. Shuning uchun
maktab va oliy ta’lim hamkorlik shakllarini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadga
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
430
muvofiq bo‘ladi. Bunday sheriklik uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda klaster
modelidan foydalanishni tavsiya qilish mumkin.
1
Ta’kidlash joizki, tinimsiz o‘zgarib turgan bozor iqtisodi jarayonida faqat ta’lim
xizmatlarini amalga oshirishgina emas, balki, shaxsni raqobatbardoshlikka o‘rgatish
ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan klasterning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shularni ta’kidlash joizki, ta’lim tizimiga kirib kelayotgan
“klaster” modelining pirovard maqsadi ta’lim va ilmiy jarayonlarni takomillashtirishga
karatilgan bo‘lib, tizimda boshqaruv, tuzilma va sifat bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar
bilan birga mutaxassislarni tayyorlashda ayrim tashkiliy va tarkibiy o‘zgarishlarni ham
talab qiladi. Ayni paytda, bu boradagi ishlarning barcha bosqichlarida yangi shakllar
va usullarni izlash, ta’limning barcha turlarini maqsadning umumiyligi va
manfaatlarning xususiyligi bo‘yicha aloqadorligini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi
integratsiyani ta’minlash masalasi yotadi.
Dostları ilə paylaş: |