“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#143361
1   2   3   4   5   6
163-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
165
3. Qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2 
Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi. 
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2 
Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi. 
4. Pretsipitat CaHPO4×2H2O. 
Pretsipitat ham konsentrlangan mineral oʻgʻit boʻlib, suvda oz eriydi. 
Ca(OH)2 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O 
CaCO3 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O + 2CO2 
Pretsipitatlarda 30 – 35 % P2O5 boʻladi. 
5. Ammofos Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi. 
Bu oʻgʻit kompleks oʻgʻitlarga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda yaxshi 
eriydi. Fosforli mineral oʻgʻitlar ichida eng koʻp ishlatiladi. 
Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi ozuqa elementi P2O5 koʻrinishida boʻladi. 
6. Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit.[4] 
Tarkibida fosfor organik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga 
oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin 
yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimliklarning ildiz atrofida 
rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan bir gektar 
yerga ekiladigan urugʻlikka 100 ml suyuq yoki 250 gramm kukunli fosforbakterin 
sarflanadi.Fosfororganik birikmalar tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita 
yoki geteratom – kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar 
sinfi.Fosfordan P2O5, H3PO4 olishda, organik sintezlarda, gugurt ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Qizil fosfor, surma (III)-sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy 
temir (III)-oksid va yelimdan aralashma tayyorlab, gugurt qutisining yon sirtlariga 
surtiladi. Gugurt kallagi asosan bertole tuzi, maydalangan shisha, oltingugurt va 
yelimdan tarkib topgan boʻladi. P, As, Sb, Bi qotishmalar tarkibiga kiradi.Fosfor 
birikmalari yuvuvchi vositalar (fosfatlar va polifos-fatlar), biologik faollikka ega 
boʻlgan elementorganik birikmalar sintez qilish uchun (PCl3, PCl5, POCl3, PH3), 
fosforli oʻgʻitlar: fosforit talqoni - Ca3(PO4)2 (tabiiy), bu suyaklarni kuydirib ham 
olinadi, oddiy superfosfat - Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4, qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2, 
presipitat - CaHPO4×2H2O, ammofos - NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4. Soʻngi yillarda 
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari 
tomonidan fosfor organik birikmalar asosida yangi murakkab oʻgʻitlar, defoliantlar va 
oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan monoetanolamin suvdagi 
eritmasining oʻzaro kimyoviy ta’siri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat 
stimulyatori shular jumlasidandir.Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish tarmogʻi kimyo 
sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetishtiruvchi 
asosiy mintaqa boʻlgani sababli, mineral oʻgʻitlarning paxtachilikdagi roli juda katta. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin